Jonqobilov Ulug‘murad Umbarovichning

fan doktori  (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gidravlik zarba va sug‘orish nasos stansiyalarining naporli quvurlarini zarba ta’siridan himoya qilish», 05.09.07– Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/T265.

Ilmiy maslahatchi: Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomlari: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.

Rasmiy opponentlar: Shokirov Anvar Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Xo‘jaev Ismatulla Qo‘shaevich, texnika fanlari doktori; Rizaev Abdumalik Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘orish nasos stansiyalarining naporli quvurlaridagi gidravlik zarbaning parametrlarini va gidravlik zarbadan himoya qilish qurilmalarining hisoblash usullarini suyuqlik tarkibidagi erigan va erimagan gazlarni inobatga olib takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sug‘orish nasos stansiyasi naporli quvurlarida elastik va zarb to‘lqinlari tarqalish tezliklarini hisoblash usuli bir jinsli va gaz suyuqlik oqimida erigan va erimagan gazlarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan;

sug‘orish nasos stansiyasi naporli quvurlarida gidravlik zarba jarayonida vakuum qiymatini aniqlash usuli suyuqlik tarkibidagi erigan va erimagan gazlarni inobatga olgan holda takomillashtirilgan;

sug‘orish nasos stansiyasi naporli quvurlarida suyuqlik oqimidan gazli suyuqlik oqimiga o‘tish zonasi chegaralari qiymatini aniqlash usuli gidravlik zarba jarayonida tajribada olingan yangi va to‘plangan ma’lumotlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;

sug‘orish nasos stansiyasi naporli quvurlarida gazli suyuqlik oqimida yuzaga keladigan gidravlik zarbada maksimal naporni hisoblash usuli zarba to‘lqini tarqalish tezligiga ta’sir etuvchi erimagan gazni hisobga olgan holda takomillashtirilgan;

sug‘orish nasos stansiyasi naporli quvurlarida gidravlik zarbadan himoya qilish qurilmalarining parametrlarini hisoblash usuli suyuqlik xossalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;

sug‘orish nasos stansiyasi naporli quvurlarida gidravlik zarbadan himoya qiluvchi qurilma konstruksiyasi uning ishonchliligi va samaradorligini ta’minlovchi parametrlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan va hisoblash usuli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sug‘orish nasos stansiyasi naporli quvurlarida gidravlik zarba va naporli quvurlarini zarba ta’siridan himoya qilish qurilmalarining gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish asosida:

sug‘orish nasos stansiyasi naporli quvurlarida elastik va zarb to‘lqinlari tarqalish tezliklarini hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi viloyat nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi Chiroqchi tumanida joylashgan Galabek nasos stansiyasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 23 noyabrdagi 04/25-2353-son ma’lumotnomasi). Natijada Galabek nasos stansiyasining xavfsiz me’yordagi ish tartibining asoslanganligi ish unumdorligini 6–9%ga oshirish imkonini bergan;

sug‘orish nasos stansiyasi naporli quvurlarida vakuum qiymatini aniqlash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi viloyat nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi Qarshi tumanida joylashgan Mang‘it nasos stansiyasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 23 noyabrdagi 04/25-2353-son ma’lumotnomasi). Natijada Mang‘it nasos stansiyasida teskari klapanlarining naporli quvurini ta’mirlashga va almashtirishga sarflanadigan xarajatlarning kamayishi resurstejamkorlikni 7–9%ga oshirish imkonini bergan;

sug‘orish nasos stansiyasi naporli quvurlarida gazli suyuqlik oqimida yuzaga keladigan gidravlik zarbada maksimal naporni hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi viloyat nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi Shahrisabz tumanida joylashgan Sharq Yulduzi nasos stansiyasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 23 noyabrdagi 04/25-2353-son ma’lumotnomasi). Natijada Sharq Yulduzi nasos stansiyasida avariyasiz ish tartibining o‘rnatilishi resurstejamkorlikni 7–10 %ga oshirish imkonini bergan;

sug‘orish nasos stansiyasi naporli quvurlarida gidravlik zarba parametrlarini aniqlash va naporli quvurlarini zarba ta’siridan himoya qilish uchun tavsiya etilayotgan so‘ndirgichlarning suyuqlik xossalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan hisoblash usullari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi viloyat nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi Koson tumanida joylashgan Lochin nasos stansiyasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 23 noyabrdagi 04/25-2353-son ma’lumotnomasi). Natijada Lochin nasos stansiyasining avariyasiz me’yordagi ish tartibi ta’minlanganligi sababli resurstejamkorlikni 5–8%ga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish