Muzafarov Shavkat Mansurovichning

fan doktori  (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta xomashyosiga birlamchi ishlov berish texnologik jarayonlarida elektr fil`trlar tizimini ishlab chiqish», 05.05.07–Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/T92.

Ilmiy rahbar: Radjabov Abduraxman, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.01.

Rasmiy opponentlar: Keshuov Seitkazi Asilseitovich, texnika fanlari doktori, professor; Muxammadiev Ashraf, texnika fanlari doktori, professor; Xoshimov Foziljon Abidovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: paxta xomashyoga birlamchi ishlov berish korxonalarida havoni tozalash jarayonining energetik va ekologik samaradorligini oshirish uchun strimer shakldagi tojli razryadida ishlaydigan elektr fil`trlar tizimini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

paxtaga birlamchi ishlov berishda changli havo va gazlarni qattiq va suyuq aerozol zarrachalaridan tozalash usuli ishlab chiqilgan;

paxta xomashyosiga birlamchi ishlov berish texnologik jarayonlaridagi va xonalardagi changli havoni tozalovchi qurilma ishlab chiqilgan;

unipolyar yuqori kuchlanishli impul`slardan foydalanib mustaqil va nomustaqil razryadlarni bitta razryad oralig‘ida birgalikda bir vaqtning o‘zida razryad jarayonlarni stabillashning yangi usuli yaratilgan;

elektr fil`trni razryad oralig‘ida strimer shakldagi tojli razryadning hosil bo‘lishi impul`sli 4% o‘ta kuchlanishga erishishni hisobga olgan holda asoslangan;

changli havoni elektr maydonlarda tozalash jarayonining elektr ta’minoti manbasi maxsus generatorlardan foydalanilgan holda past kuchlanishli davriy impul`slarni hosil qilish, oshirish va to‘g‘irlashning yangi usuli ishlab chiqilgan;

elektr fil`trdagi «tojlovchi ignali potensial tekislik – erlangan tekislik» elektrodlar tizimining parametrlari yagona izolyasiyalangan ignadagi tok va havo oqimidan chang zarrachalarini bostirish asosida aniqlangan;

elektr fil`trda stabillashtirilgan razryad toki asosida kuchlanishni avtomatik rostlash usuli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Paxta xomashyosiga birlamchi ishlov berish jarayoniga elektr fil`trlar tizimini ishlab chiqish uchun olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

changli havoni elektr maydonda tozalash jarayonini energetik va ekologik samaradorligini oshirish usuli va uni amalga oshirish qurilmasi uchun Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Gazlarni qattiq va suyuq aerozol zarrachalaridan tozalash usuli va qurilmasi», (№ IAP 04426 – 2011 y.). Natijada paxta xomashyosiga birlamchi ishlov berish texnologik jarayonlarida bir qutbli kuchlanish impul`sidan foydalanib elektr  fil`trlar tizimini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;

paxta tozalash korxonalarining ishlab chiqarish binolaridagi havoni tozalash uchun elektr fil`tr qurilmasi Dashtobod paxta tozalash zavodida joriy etilgan («O‘ZPAXTASANOAT» AJning 2019 yil 19 apreldagi 02-18/2450-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tozalash korxonalarining birlamchi chang bostirish qurilmalariga o‘rnatiladigan va ishlab chiqarish xonalaridaga havoni elektr fil`trlarda tozalashni markazlashtirilgan sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;

paxta xomashyosiga birlamchi ishlov berish jarayonida hosil bo‘ladigan changli havoni yuqori samarada tozalashni ta’minlaydigan takomillashtirilgan texnik vositalar «PAXTAGIN KB» MChJda joriy etilgan («O‘ZPAXTASANOAT» AJning 2019 yil 19 apreldagi 02-18/2450-son ma’lumotnomasi). Natijada changli havoni tozalovchi EFStR-1000A rusumli elektr fil`trlarning takomillashtirilgan konstruksiyalarni ishlab chiqish imkoni yaratilgan;

paxtaga dastlabki ishlov berish texnologik jarayonida yuza keladigan changli havoni tozalash uchun elektr fil`trlar tizimini o‘zlashtirish uchun loyiha konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) va hisoblash usullari “YUVENK” MChJda loyihalash jarayonida joriy etilgan («O‘ZPAXTASANOAT» AJning 2019 yil 19 apreldagi 02-18/2450-son ma’lumotnomasi). Natijada dastlabki chang bostirish qurilmasiga o‘rnatiladigan va bino xonalaridagi changli havoni tozalaydigan elektr fil`trlari hamda yuqori impul`sli elektr ta’minot manbasini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;

paxta xomashyosidan changni ajratib olishni takomillashtirilgan texnologiyalari va texnik vositalari Dashtobod paxta tozalash zavodida joriy etilgan («O‘ZPAXTASANOAT» AJning 2019 yil 19 apreldagi 02-18/2450-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonada elektr fil`tr tizimini qo‘llash bilan 1 m3/s havo oqimini changdan tozalash uchun iste’mol qilinadigan quvvati 144 dan 33 Vt gacha va korxonaning atrof-muhitga keltiradigan zarari bir yilda 12,517 mln. so‘mga kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish