Taslimov Abduraxim Dexkanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Noaniqlilik sharoitida shahar taqsimlovchi elektr tarmoqlari parametrlarini tanlash uslubiyati», 05.05.02–Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/T261.
Ilmiy maslahatchi: Allaev Qaxramon Raximovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» mas’uliyati cheklangan jamiyat, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Keshuov Seitkazi Asilseitovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik (Qozog‘iston Respublikasi); Gayibov To‘lqin Shernazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Sokolov Valeriy Konstantinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir-yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: noaniqlilik sharoitida taqsimlovchi elektr tarmoqlarining optimal parametrlarini tanlash uslubiyatini ishlab chiqish va kabellarning standart kesim yuzalarining chegaralangan soni va qiymatini qo‘llashning texnik-iqtisodiy muvofiqligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
unifikatsiyani hisobga olgan holda 0,38-10 kVli shahar taqsimlovchi elektr tarmoqlari parametrlarini optimal tanlashda ishlatiladigan umumiy xarajatlar, elektr energiya isroflari va o‘tkazgich materiallari sarfining hamda chegaralanishlarning matematik ifodalari ishlab chiqilgan;
mezonli tahlil usulini qo‘llash yordamida 0,38-10 kVli taqsimlovchi elektr tarmoqlarining optimal parametrlarini shakllantirish qonuniyatlari tahlili hamda ta’minlash manbasining quvvati va elektr yuklamasi zichligi keng oraliqda o‘zgarganda kabellarning chegaralangan standart kesim yuzalari soni va qiymatlarini qo‘llashning maqsadga muvofiqligi aniqlangan;
0,38-10 kVli shahar taqsimlovchi elektr tarmoqlari kabellarining standart kesim yuzalari soni va qiymatlarini tanlash imkonini beruvchi, ko‘p mezonli xarakterdagi vazifalarda unifikatsiyani hisobga olgan holda optimal parametrlarni tanlash usuli ishlab chiqilgan;
ehtimollar nazariyasi usulini qo‘llash orqali yuklama o‘sishining noaniqlilik sharoitida optimal parametrlarni tanlash hamda 0,38-10 kVli shahar taqsimlovchi elektr tarmoqlarining rivojlanishida va istiqbolini rejalashtirishda kabellarning standart kesim yuzalari soni va qiymatlarini tanlash imkonini beruvchi usul ishlab chiqilgan;
0,38-10 kVli taqsimlovchi elektr tarmoqlarini ishlatishda, ta’mirlashda, qurishda va loyihalashda qo‘llaniladigan kabellarning standart kesim yuzalari soni va qiymatlari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan;
yuklama o‘zgarishining keng oralig‘ida kabel` liniyalarida elektr energiya isrofini sezilarli kamaytirish imkonini beruvchi, kabellarning kesim yuzalari sonini chuqur chegaralash asosida shahar taqsimlovchi elektr tarmoqlarini loyihalash va qurishning texnik-iqtisodiy maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Unifikatsiyani hisobga olgan holda 0,38-10 kVli shahar taqsimlovchi elektr tarmoqlarining optimal parametrlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kabellarning optimal standart kesim yuzalari soni va qiymatlari bo‘yicha tavsiyalar Toshkent shahri va viloyati shaharlarining mavjud elektr tarmoqlarini yangilashda va qayta qurishda joriy qilingan («O‘zbekenergo» AJning 2018 yil 19 dekabrdagi RR-01-21/7177-son ma’lumotnomasi). Natijada 10/0,38 kVli transformator podstansiyalari shinasidagi 1 kVt yuklama uchun solishtirma elektr energiya isrofi qiymatini 15 kVt•s/yilgacha tejash imkoni yaratilgan hamda yiliga 70,65 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlik olingan.
kabellarning optimal standart kesim yuzalari soni va qiymati Toshkent shahri va viloyati shaharlarining past kuchlanishli elektr tarmoqlarini loyihalashtirishda joriy qilingan («O‘zbekenergo» AJning 2018 yil 19 dekabrdagi RR-01-21/7177-son ma’lumotnomasi). Natijada 10/0,38 kVli transformator podstansiyalari shinasidagi 1 kVt yuklama uchun solishtirma elektr energiya isrofi qiymatini 20 kVt•s/yilgacha tejash imkoni yaratilgan hamda yiliga 97,5 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlik olingan.
ko‘p mezonli xarakterdagi vazifalarda unifikatsiyani hisobga olgan holda taqsimlovchi elektr tarmoqlarining optimal parametrlarini tanlash usuli “O‘zbekenergo” AJ tizimi korxonalariga joriy etilgan («O‘zbekenergo» AJning 2018 yil 19 dekabrdagi RR-01-21/7177-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan usul yordamida shahar taqsimlovchi elektr tarmoqlarining optimal parametrlarini tanlash va elektr energiya isrofini kamaytirish imkoni yaratilgan hamda yiliga 168,15 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlik olingan.