Turmatov Jaloliddin Raxmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kasb ta’limi o‘qituvchilarida tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasining didaktik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped693.
Ilmiy rahbar: Turakulov Olim Xolbutaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasining didaktik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarining kelgusi faoliyati tashkiliy-funksional komponentlari (motivatsion, kognitiv, texnologik) mazmunini ilmiylik va tizimlilik tamoyillari asosida sintezlash orqali talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasi tuzilmasi ishlab chiqilgan;
zamonaviy kasbiy ta’limda talabalarni tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashning mazmunini o‘quv jarayonni individuallashtirish va mustaqil ta’limni faollashtirish orqali talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari (motivatsiya, yo‘naltirish, jalb etish va tajribalarni boyitish) kengaytirilgan;
“scientific discussion”, “analise actual problem” va “innovative project” kabi interfaol o‘qitish metodlari va muammoli-izlanishli keyslar bankini qamrab oluvchi elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish orqali tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasining didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
mehnat bozori talablari va innovatsionlik tamoyili asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining nostandart fikrlash, doimiy izlanish va yaratuvchanlik kabi ilmiy tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorgarlik darajalarini baholash mezonlari (empirik, reproduktiv, produktiv) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kasb ta’limi o‘qituvchilarida tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasining didaktik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga kompetentli yondashuv asosida tayyorlashga qo‘yiladigan zamonaviy talablar kasbiy pedagogik fanlar dasturlari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 89-03-1748-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasining didaktik ta’minotini shakllantirishga doir takliflar asosida “Talabalarda tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi” nomli maxsus kurs dasturi ishlab chiqilgan va ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 89-03-1748-son ma’lumotnomasi). Mazkur maxsus kurs dasturi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida tadqiqotchilik kompetensiyalarni shakllantirishga imkon bergan;
kasb ta’limi yo‘nalishlarida “scientific discussion”, “analise actual problem” va “innovative project” kabi interfaol o‘qitish metodlari va muamoli-izlanishli keyslar bankini o‘z ichiga olgan “Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda tadqiqotchilik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi” nomli metodik ta’minot mazmuniga singdirilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 89-03-1748-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv materiallari kasb ta’limi yo‘nalishlari talabalarini tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.