Usmonov Jonibek Turdiqulovichning

falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Taqsimlangan kompyuter tarmoqlarida temir yo‘l yuklari nazoratining axborot almashinuvi algoritmlari va dasturiy majmuasi», 05.01.04–Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T448.

Ilmiy rahbar: Saidov  Abdusobirjon  Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.

Rasmiy opponentlar: Raxmatullaev Marat Alimovich, texnika fanlari doktori; Hakimov Muftox Xamidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: taqsimlangan kompyuter tarmoqlarida temir yo‘l yuklari ustidan bojxona nazoratini o‘rnatish bo‘yicha axborot almashinuvi jarayonlarini takomillashtirish usullari, algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

temir yo‘l yuklari ustidan bojxona nazoratini tashkil etish tamoyillari va texnologik jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari asosida bojxona infratuzilmasida axborot almashish va ma’lumotlarga ishlov berish jarayonlarining axborot va  funksional modellari ishlab chiqilgan;

bojxona nazoratining ko‘p pog‘onali taqsimlangan axborot almashinuvi tizimida axborot  oqimini muvofiqlashtirish algoritmlari, hududiy bojxona ob’ektlarida temir yo‘l yuklari  harakatining  ma’lumotlar  bazasi  yaratilgan; 

bojxona yuk deklaratsiya hujjatlarini masofadan onlayn rasmiylashtirish orqali bojxona postlarini temir yo‘l yuklari to‘g‘risida  oldindan  xabardor  etish  usuli ishlab chiqilgan;

temir yo‘llarda tashiluvchi yuklar ustidan bojxona nazoratini tashkil etish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi, bojxona yuk deklaratsiya hujjatlarini masofadan rasmiylashtirish texnologik jarayonlarini  avtomatlashtirish algoritmlari va dasturiy majmuasi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Temir yo‘l yuklari ustidan bojxona nazoratini tashkil etish jarayonlarini modellashtirish, monitoring  ma’lumotlariga ishlov berish maqsadida yaratilgan usul, ishlab chiqilgan axborot modeli, algoritm va dasturiy majmua asosida:

temir yo‘llarda tashiluvchi eksport va import yuklarining bojxona nazorati hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonlarini avtomatlashtirishning axborot modellari, temir yo‘l va bojxona yuk deklaratsiyasi ma’lumotlar bazasini muvofiqlashtirish dasturiy vositasi «Toshkent yuk saroyi»  bojxona postiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2019 yil 22 fevraldagi 33-8/1293-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2019 yil 1 maydagi 03-05/6-03689-son ma’lumotnomalari). Ilmiy tadqiqot natijasida temir yo‘l yuklari uchun bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish va bojxona organlariga taqdim etishga sarflanayotgan vaqtini 25–30 %ga qisqartirish va mehnat samaradorligini 1,27 baravar oshirish imkonini bergan;

temir yo‘llarda tashiluvchi yuklarning ma’lumotlar bazasi, temir yo‘l va bojxona ma’lumotlar bazasini muvofiqlashtirish asosida tahlil etuvchi dasturiy majmua «Qarshi temir yo‘l» bojxona postiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2019 yil 22 fevraldagi 33-8/1293-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasini temir yo‘l bojxona posti faoliyatida foydalanish bojxona nazorati hujjatlarini elektron rasmiylashtirish, axborot resurslari oqimi va tashqi savdo operatsiyalarini tahlil qilish jarayonida tezkor qarorlar qabul qilish tizimini takomillashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari yuklarini rasmiylashtirishga ketadigan vaqt sarfini 35–40% qisqartirish imkonini bergan;

temir yo‘llarda tashiluvchi yuklarning bojxona yuk deklaratsiyasi  hujjatini rasmiylashtirish jarayonlarini avtomatlashtirish usullari va axborot modellari, yuk ma’lumotlariga masofadan ishlov berish algoritmlari va temir yo‘llarda tashiluvchi eksport va import yuklarining bojxona yuk deklaratsiya hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirilgan ma’lumotlar bazasi va dasturiy vositasi «Chuqursoy» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2019 yil 22 fevraldagi 33-8/1293-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2019 yil 1 maydagi 03-05/6-03689-son ma’lumotnomalari).  Ilmiy tadqiqot natijasida bojxona nazorati hujjatlarini elektron rasmiylashtirish jarayonlari, axborot resurslari oqimi va boshqaruv tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish, tashqi savdo operatsiyalarini tahlil qilish, bojxona yuk deklaratsiyalarini brokerlarga murojaat qilmasdan rasmiylashtirish natijasida bir ish kunini 0,8 ish kuniga qisqartirish va hujjatlarni rasmiylashtirish samaradorligini 1,27 baravarga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish