Rasulev Aliakbar Xamidullaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Stoxastik holat kuzatuvchilari asosida texnologik ob’ektlarni adaptiv boshqarish sistemalarini sintezlashning algoritmlari», 05.01.08–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T312.

Ilmiy rahbar: Igamberdiev Xusan Zakirovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.

Rasmiy opponentlar: Kaipbergenov Batirbek Tulepbergenovich, texnika fanlari doktori; Tulyaganov Shuxrat Dil`shatovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: stoxastik holat kuzatuvchilari asosida texnologik ob’ektlarni adaptiv boshqarish sistemalarini sintezlash algoritmlari va ularni amalga oshirishning hisoblash sxemalarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

etarlicha aniqlanmagan matrisalarni turg‘un mavhum o‘zgartirish usullari asosida dinamik sistemalarning holatlari va g‘alayonlarini baholash algoritmlari ishlab chiqilgan;

soddalashtirilgan muntazamlashtirishning retrospektiv va iteratsion usullari asosida adaptiv kuzatuvchini sintezlashning muntazam algoritmlari ishlab chiqilgan;

boshqarish ob’ektining holat vektori va noma’lum parametrlariga moslashuvchi kuzatuvchi qurilmalarni sintezlashning turg‘un algoritmlari ishlab chiqilgan;

kengaytirilgan matrisalarni me’yorlashtirilgan ajratish asosida boshqariluvchi ob’ektlarning parametrlarini adaptiv kuzatuvchilarini sintezlashning muntazam iteratsion algoritmlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Stoxastik holat kuzatuvchilaridan foydalanib, texnologik ob’ektlarni adaptiv boshqarish sistemalarini sintezlashdan olingan natijalar asosida:

etarlicha aniqlanmagan matrisalarni turg‘un mavhum o‘zgartirish usullari asosida dinamik sistemalarni holat va g‘alayonlarini baholashning ishlab chiqilgan algoritmlari «Muborak GQIZ» MChJda joriy qilingan («O‘zneftgazqazibchiqarish» AJning 2019 yil 30 yanvardagi 05/09-56j-son ma’lumotnomasi). Natijada rostlagichlarning parametrlarini hisoblash aniqligi oshgan;

soddalashtirilgan muntazamlashtirishning retrospektiv va iteratsion usullari asosida adaptiv kuzatuvchini sintezlashning ishlab chiqilgan muntazam algoritmlari «Muborak GQIZ» MChJda joriy qilingan («O‘zneftgazqazibchiqarish» AJning 2019 yil 30 yanvardagi 05/09-56j-son ma’lumotnomasi). Natijada algoritmlar gazli aralashmalarni adsorbsion ajratish jarayoni borishining texnologik rejimlarini barqarorlash imkonini bergan;

boshqarish ob’ektining holat vektori va noma’lum parametrlariga moslashuvchi kuzatish qurilmalarini sintezlashning ishlab chiqilgan turg‘un algoritmlari «Muborak GQIZ» MChJda joriy qilingan («O‘zneftgazqazibchiqarish» AJning 2019 yil 30 yanvardagi 05/09-56j-son ma’lumotnomasi). Natijada ob’ektning parametrlari va g‘alayonlarni aniqlash aniqligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish