Rashidov Xusan Shirinboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Tasniflash masalalarida relevant belgilarni tanlab olish gibrid algoritmlari, 05.01.11 – “Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4877.
Ilmiy rahbar: Fazilov Shavkat Xayrullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.09/2025.27.12.T.02.01.M.
Rasmiy opponentlar: Madraximov Shavkat Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Abdullaev Sherzod Shavkatjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tasniflash masalalarida relevant belgilarni tanlashning turli usullarini integratsiyalash asosida belgilar fazosi o‘lchamini qisqartirishning gibrid algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
filtr usullarining algoritmik kompozisiyasini amalga oshirishga asoslangan relevant belgilarni tanlashning gibrid algoritmi ishlab chiqilgan;
FCBF (Fast Correlation Based Filter) filtr usuli va qobiq usulini ketma-ket amalga oshirishga asoslangan relevant belgilarni tanlashning gibrid algoritmi ishlab chiqilgan;
filtr usullar majmuasi va genetik algoritmdan ketma-ket foydalanishga asoslangan relevant belgilarni tanlashning gibrid algoritmi ishlab chiqilgan;
belgi indekslari bo‘yicha turg‘unlik mezonidan foydalanib, taklif etilgan relevant belgilarni tanlashning gibrid algoritmlarining turg‘unligini empirik baholari olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Relevant belgilarni tanlab olishda filtr hamda qobiq usullarini integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan gibrid algoritmlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
relevant belgilarni tanlashning gibrid algoritmlari va ular asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Samarqand viloyati Payariq tumani tibbiyot birlashmasiga joriy qilingan (Samarqand viloyati hokimligining 2026-yil 17-fevraldagi 04-04/1446-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida revmatik va yondosh autoimmun kasalliklarni tashxislash jarayonida mehnat unumdorligi 14% oshgan, tashxislash aniqligi o‘rtacha 11% ga oshgan; 
relevant belgilarni tanlashning gibrid algoritmlari asosida ishlovchi dasturiy majmua Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Samarqand shahar bo‘limi laboratoriyasida joriy qilingan (Samarqand viloyati hokimligining 2026-yil 17-fevraldagi 04-04/1446-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, dasturiy majmuani qo‘llash profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish jarayonida mehnat unumdorligini o‘rtacha 11% ga oshirish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish