Tillavoldiev Azizbek Otabek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Tanib olish algoritmlarini k o‘lchamli bo‘sag‘aviy funksiyalar asosida ishlab chiqish, 05.01.11 – “Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5323.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Nomaz Mirzaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.09/2025.27.12.T.02.01.M.
Rasmiy opponentlar: Urunbaev Erkin, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Abdusalomov Akmalbek Bobomirzaevich, texnika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi k o‘lchamli bo‘sag‘aviy funksiyalarni qurishga asoslangan tanib olish modellarini ishlab chiqish va ularni tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
ajratish tamoyili asosida k o‘lchamli bo‘sag‘aviy funksiyalarni qurishga tayangan tanib olish modeli ishlab chiqilgan;
obektlarni o‘zaro yaqinligini tasniflovchi 𝓀 o‘lchamli bo‘sag‘aviy funksiyalarni qurishga tayangan tanib olish modeli ishlab chiqilgan
ajratish va yaqinlik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan tanib olish modellarining xar biriga mos parametrik fazolar aniqlangan va ularda ekstremal tanib olish operatorlarini qurishga yoʻnaltirilgan tegishli hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan;
ajratish va yaqinlik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan tanib olish modellari doirasida ekstremal tanib olish algoritmlarini qurish protseduralarini hisoblash murakkabligi  baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tanib olish algoritmlarini k  o‘lchamli bo‘sag‘aviy funksiyalarni ishlab chiqish asosida olingan ilmiy natijalar:
ajratish tamoyili asosida k o‘lchamli bo‘sag‘aviy funksiyalarni qurishga tayangan tanib olish modeli asosida yaratilgan dasturiy majmua Farg‘ona viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasigaga joriy qilingan (Farg‘ona viloyati xokimligining 2025 yil 17 dekabrdagi № 06-7/14456-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarini joriy qilish orqali qoramollarda mastit kasalligini aniqlash va tahlil qilish uchun sarflanadigan vaqt 10–15% ga qisqartirilgan. 
yaqinlik tamoyili asosida k o‘lchamli bo‘sag‘aviy funksiyalarni qurishga tayangan tanib olish modeli asosida yaratilgan dasturiy majmua Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga joriy qilingan (Farg‘ona viloyati xokimligining 2025 yil 17 dekabrdagi № 06-7/14456-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarini joriy qilish orqali EEG signallari yordamida tekshiruvdagi shaxslarning miya faoliyati tasniflash aniqligi 10% ga oshirish imkoniyati paydo bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish