Axmatjanov Ravshanjon Nematjonovichning

falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kompozision yonilg‘ilardan foydalanib benzin dvigatelli avtomobillarning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirish», 05.08.06–G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T952.

Ilmiy rahbar: Bazarov Baxtiyor Imamovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.

Rasmiy opponentlar: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor; Ikramov Abduvaxab, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kompozision yonilg‘ilardan foydalanib benzin dvigatelli avtomobillarning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

quyi spirtlarning fazaviy turg‘unligini, yuqori spirtlarni qo‘shishda esa yonilg‘ining 50% qaynash haroratini hisobga olgan holda kompozision yonilg‘ilar tarkibidagi spirtlarning miqdoriy yuqori chegarasini tanlash usuli takomillashtirilgan;

bazaviy va kompozision yonilg‘ilarda ishlaydigan dvigatellar va avtomobillarning tajriba tadqiqotlari o‘tkazishning tartibi (laboratoriya, stend, poligon, ekspluatatsion) ularning energo-ekologik xususiyatlarini har bir bosqichda ta’minlanganligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;

kompozision yonilg‘ilarning bazaviy yonilg‘i – benzinga nisbatan fraksion tarkibi grafigining o‘zgarish tavsifi takomillashtirilgan;

kompozision yonilg‘ilar tasnifining ikki va undan ortiq yonilg‘i va moddalar kompozisiyasi guruhiga neft` yonilg‘isi – benzinga qo‘shimcha sifatida quyi va yuqori spirtlar hamda turli qo‘shilmalar qo‘shish (antidetonatsion, antikorrozion, turg‘unlashtiruvchi) bandini kiritish orqali takomillashtirilgan;

energiyaning solishtirma sarfini hisobga olgan holda kompozision yonilg‘ilarda ishlaydigan benzin dvigatelli avtomobillarning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini baholashning takomillashgan usuli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kompozision yonilg‘ilardan foydalanib benzin dvigatelli avtomobillarning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

kompozision yonilg‘ilar tarkibidagi spirtlarning miqdoriy yuqori chegarasini tanlashning takomillashtirilgan usuli «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi «FNQIZ» MChJ miqyosida joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 4 fevraldagi 02/12-1-21-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida dvigatel`, avtomobilning dinamik xususiyati, yonilg‘ilarning ekspluatatsion va ekologik ko‘rsatkichlari oshgan;

bazaviy va kompozision yonilg‘ilarda ishlaydigan dvigatellar va avtomobillarda tajriba tadqiqotlari (laboratoriya, stend, poligon, ekspluatatsion) o‘tkazishda ularning energo-ekologik xususiyatlarini har bir bosqichda ta’minlanganligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan tartibi «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi «FNQIZ» MChJ miqyosida joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 4 fevraldagi 02/12-1-21-son ma’lumotnomasi). Natijada tajriba tadqiqotlarini o‘tkazish xarajatlari tejalgan va kompozision motor yonilg‘ilari va ushbu yonilg‘ilarda ishlovchi benzinli avtomobil` dvigatellari ko‘rsatkichlarini tizimli tadqiq qilish imkoniyati yaratilgan.

kompozision yonilg‘ilarning bazaviy yonilg‘i – benzinga nisbatan fraksion tarkibi grafigi o‘zgarishining takomillashtirilgan tavsifi «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi «FNQIZ» MChJ miqyosida joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 4 fevraldagi 02/12-1-21-son ma’lumotnomasi). Natijada benzin-spirtli kompozision motor yonilg‘ilarining 50% bug‘lanish haroratida bazaviy yonilg‘i – benzinga nisbatan 5–6% yonilg‘i ko‘proq bug‘lanishiga erishilgan va bu ko‘rsatkich dvigatel` hamda avtomobilning dinamik xususiyati oshishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish