Mamadjanova Tuyg‘unoy Axmadjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Meva-sabzavot mahsulotlari eksportini rivojlantirishning marketing strategiyasini takomillashtirish», 08.00.11–Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt53.
Ilmiy rahbar: Boltabaev Maxmudjon Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Isaev Ravshan Abduraxmanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: meva-sabzavot mahsulotlari eksportini rivojlantirishning marketing strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
meva-sabzavot mahsulotlari eksport imkoniyatlarini baholashning indeks usuli jahon savdosida raqobatda nisbiy ustunlikni taqqoslovchi Balassa indeksi mezonlari asosida takomillashtirilgan;
meva-sabzavot mahsulotlari eksportini rivojlantirishning xalqaro marketing strategiyasini ishlab chiqishning uslubiy yondashuvi «iste’molchi talabi – korxona imkoniyati» matrisasini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
meva-sabzavot mahsulotlari eksport imkoniyatlarini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi sotishni rag‘batlantirish, jamoatchilik bilan aloqa, direkt marketing va shaxsiy sotuv singari xalqaro marketing strategiyalaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
meva-sabzavot mahsulotlari xalqaro bozorida yangi salohiyatli xaridorlarni jalb etishga qaratilgan marketing strategiyasi samarali siljitish va integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyasi dasturidan foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportini rivojlantirish marketing strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
meva-sabzavot mahsulotlari eksport imkoniyatlarini baholashning indeksli usuli O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yashnobod innovatsion texnoparki rezedenti hisoblangan «Agro techno» MChJ va «Baykal-KMU» MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2018 yil 29 oktyabrdagi 02-13/4097-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni «Agro techno» va «Baykal-KMU» mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyatiga tatbiq etilishi natijasida 2018 yilning birinchi yarim yilligida 32,8 mln. so‘m qo‘shimcha daromad olishga erishilgan;
meva-sabzavot mahsulotlari eksportini rivojlantirishning xalqaro marketing strategiyasini takomillashtirilgan uslubiy yondashuvi Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan «Bandixon eksperimental» xo‘jaligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 noyabrdagi 01/025-406-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan «Bandixon eksperimental» xo‘jaligida 2017 yilda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmi 8,9% ga ortib, qo‘shimcha 53,4 mln. so‘m daromad olingan;
meva-sabzavot mahsulotlari eksport imkoniyatlarini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 noyabrdagi 01/025-406-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflardan hududiy meva-sabzavot mahsulotlari etishtirish, qayta ishlash va eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar samaradorligini oshirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar hamda hududiy davlat dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan;
meva-sabzavot mahsulotlari xalqaro bozorida yangi salohiyatli xaridorlarni jalb etishga qaratilgan marketing strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 noyabrdagi 01/025-406-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni «Cold Fresh» mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatiga joriy etish natijasida 2018 yilning 2-choragida gilos mahsulotlarini eksport qilish hajmi 5,9% ga ortgan va 19,8 ming AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha daromad olingan.