Moyanov Iqlasbay Jienbaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq xalq musiqasi asosida o‘quvchi-yoshlar ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishning xususiyatlari», 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.3.PhD/Ped304.

Ilmiy rahbar:Xalilov Faxriddin Nuritdinovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.20.02

Rasmiy opponentlar: Utebaev Tajibay Tileo‘muratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Paluaniyazov Paxratdin Qudaybergenovich tarix fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qoraqalpoq xalq musiqasi asosida o‘quvchi-yoshlar ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va  tavsiyalar ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq qilishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qoraqalpoq xalq musiqasi asosida o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishga ta’sir etuvchi (ijtimoiy, pedagogik, psixologik) omillar tarkibi, shuningdek, metodik tamoyillarining tarkibiy komponentlari (xalqchillik, individuallik, natijaviylik, samaradorlik, qiyosiylik, ko‘rgazmalilik) mazmunini aniqlashtirish asosida tarixiy tajribalar integratsiyalab takomillashtirilgan;

o‘quvchi-yoshlar ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik (motivatsion, psixologik, musiqiy topshiriqlar, ijodiy ish, kommunikativ faoliyat) tizim qoraqalpoq xalq baxshichilik (jirovchilik, baxshichilik va qissaxonlik) san’atini rivojlantirish tendensiyalariga ustuvorlik berish asosida aksiologik qoidalar yetakchiligida aniqlashtirilgan;

o‘quv mavzulari tarkibini aniqlash texnologiyasi o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishda umumiy o‘rta ta’lim hamda bolalar musiqa va san’at maktablarining pedagogik hamkorlik faoliyati monitoringi (ijtimoiy, intellektual, psixologik, kommunikativ, moslashuvchanlik) ko‘rsatkichlariga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;

musiqa san’ati orqali o‘quvchi-yoshlar ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishning tashkiliy pedagogik shart-sharoitlari jirov va baxshilarning milliy merosini o‘rganish bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari individual ta’lim dasturi mazmunining (o‘quv dasturi, malakaviy talablar, qiziqishlar diagnostikasi) mantiqiy zanjirning izchilligi, uzluksizligi, tugallanganligi kabi mezonlar, funksional (motivatsion, individual, axborotli, didaktik, faoliyatli) omillar asosida optimallashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qoraqalpoq xalq musiqasi asosida o‘quvchi-yoshlar ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

qoraqalpoq xalq musiqasi asosida o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishning metodik tamoyillarini amalga oshirish, milliy musiqa (jirovchilik, baxshichilik va qissaxonlik) san’atini rivojlantirishga oid takliflar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Musiqa madaniyati” fani uchun tasdiqlangan malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 22 apreldagi, 01-01/01-1941-son ma’lumotnomasi). Natijada, musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilarning milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, ijodiy mahoratini oshirish, milliy musiqa sirlarini anglash malakalarini rivojlantirishga erishilgan;

umumiy o‘rta ta’lim hamda bolalar musiqa va san’at maktablarining pedagogik hamkorligi, faoliyati monitoring ko‘rsatkichlariga oid taklif va tavsiyalardan «Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorda belgilangan milliy baxshichilik va dostonchilik san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish vazifalari ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 12 apreldagi 2-03/697-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash va ushbu san’at turini kengaytirishda samaradorlikka erishilgan;

qoraqalpoq milliy ijrochiligi san’ati asosida o‘quvchi-yoshlar ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari, jirov va baxshilarning milliy merosini o‘rganish bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari individual ta’lim dasturi, xususiyatlari hamda istiqbollarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan I1-XT-0-17222 raqamli «Qoraqalpoq milliy mentalitetini o‘quvchi-yoshlar ongiga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish» mavzusidagi amaliy loyihani (2013–2014 yy.) bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2019 yil 25 yanvardagi 5-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini musiqiy ta’lim-tarbiya asosida shakllantirishda xalq pedagogikasi va zamonaviy ta’lim-tarbiya mazmunini uyg‘unlashtirish imkoniyati yaratilgan va interfaol texnologiyalardan foydalanish imkoniyati kengaytirilgan;

o‘quvchi-yoshlar ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishda qoraqalpoq xalq baxshichilik san’atini rivojlantirish tendensiyalari, muammolariga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-son Qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” ijrosiga qaratilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 4 dekabrdagi chora-tadbirlar rejasida  ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 12 apreldagi 2-03/697-son ma’lumotnomasi). Natijada, musiqa san’ati orqali o‘quvchi-yoshlar ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari, jirov va baxshilarning milliy merosini o‘rganish bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari individual ta’lim dasturi mazmunini boyitishga qaratilgan tarbiyaviy ishlarning samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish