Meliqulov G‘ayrat Abdug‘afforovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Qashqadaryo yodgorliklarining kompozision-tipologik echimlari va yangi turistik marshrutlarni rivojlantirish yo‘llari”, 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/A35.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Mamatmusaev Toxir Shaydulovich, arxitektura fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.03/2026.09.01.A.01.M.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Rustam Hamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Ismailova Jannat Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor; Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “O‘zshaharsozlik LITI” DM.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyati yodgorliklari arxitekturasi va tipologik echimlarini ochib berish hamda turizm infrastrukturasini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo vohasida joylashgan o‘rta asr shaharlari 1 - ark, shahriston hamda raboddan iborat bo‘lgan, arki va shahristoni yaxlit bir tepalikni tashkil etgan shaharlar (Chandaroqtepa, Qamaytepa, Parchaqal’a, Qoratepa, Nasaf); 2 - ark, shahriston va raboddan iborat bo‘lgan, shahar markazidagi ark shahristondan mudofaa handaqlari bilan ajratilgan shaharlar (Shulluktepa, Kasbitepa, Poshtontepa, Tallisortepa, Obrontepa, Oltinboshtepa, Bobojontepa); 3 - arki shahriston hududida ko‘zga tashlanmaydigan shaharlar (Saubaxtepa, Xo‘ja Buzrugtepa, Kesh-Shahrisabz qal’asi); 4 - arki, shahristoni va rabodi alohida turgan tepaliklar ko‘rinishidagi shaharlar (Lihlitepa, Sariqtepa, G‘ishatepa); 5 - kvadrat shaklga ega bo‘lib, atrofi mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan va markazida saroy bo‘lgan qal’a-shaharlari (Qarshi qal’asi, Zanjir Saroy) kabi beshta turda shakllanganligi asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida joylashgan 55 ta masjid, 1 ta tarixiy uy, 1 ta dahma, 28 ta maqbara, 1 ta madrasa - jami 86 ta tarixiy yodgorliklarning klassifikatsiyasi yaratilib, ularning arxitekturaviy chizmalari hamda ob’ektlar haqidagi ma’lumotlar ilmiy muomalaga kiritilgan;
Qashqadaryo viloyatida joylashgan tarixiy yodgorliklar (masjidlar, maqbaralar, madrasalar, sardobalar)ning qurilish sanasi, joylashgan o‘rni, arxitekturasi, kompozision-tipologik echimlarini o‘zida jamlagan ma’lumotlar bazasi yaratilib, ulardagi farqli va o‘xshash jihatlar aniqlangan;
Qashqadaryo viloyatida joylashgan Quyi Orol, Langar ota, Xitoy, Uychilik, Tezguzar, Kunchiqar, Shodi Shayx Vali, Tezob ota, Xo‘ja Abdulloh Ansoriy Vali, Ishkent, Xo‘ja Komil ota, Zomit masjidlari, Tezob ota, Shodi Shayx Vali maqbaralari, Oq saroy (Oq rabot) va Said Murod Amin rabotlarini grafik qayta tiklash taklif loyihalari ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo viloyatining barcha tumanlari hamda Shahrisabz, Qarshi shaharlarida joylashgan arxitektura ob’ektlari hududiy joylashuvi, arxitekturaviy qiymati va infratuzilmaning mavjudligiga ko‘ra kategoriyalashtirilib, ular haqidagi ma’lumotlar (lokatsiyasi, arxitekturaviy chizmalari va ko‘rinishlari, yozma matnlar)ni jamlagan samarador turistik marshrut taklif loyihalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Qashqadaryo yodgorliklarining kompozision-tipologik echimlari va yangi turistik marshrutlarni rivojlantirish yo‘llari” mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida:
Qashqadaryo vohasida joylashgan o‘rta asr shaharlari 1 - ark, shahriston hamda raboddan iborat bo‘lgan, arki va shahristoni yaxlit bir tepalikni tashkil etgan shaharlar (Chandaroqtepa, Qamaytepa, Parchaqal’a, Qoratepa, Nasaf); 2 - ark, shahriston va raboddan iborat bo‘lgan, shahar markazidagi ark shahristondan mudofaa handaqlari bilan ajratilgan shaharlar (Shulluktepa, Kasbitepa, Poshtontepa, Tallisortepa, Obrontepa, Oltinboshtepa, Bobojontepa); 3 - arki shahriston hududida ko‘zga tashlanmaydigan shaharlar (Saubaxtepa, Xo‘ja Buzrugtepa, Kesh-Shahrisabz qal’asi); 4 - arki, shahristoni va rabodi alohida turgan tepaliklar ko‘rinishidagi shaharlar (Lihlitepa, Sariqtepa, G‘ishatepa); 5 - kvadrat shaklga ega bo‘lib, atrofi mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan va markazida saroy bo‘lgan qal’a-shaharlari (Qarshi qal’asi, Zanjir Saroy) kabi beshta turda shakllanganligi asoslanganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025 yil 18 dekabrdagi 04-07/5092-son ma’lumotnomasi; Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Kitob tumani bo‘limining 2025 yil 9 dekabrdagi 240-son; Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimligining 2025 yil 9 dekabrdagi 2932-son; Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Yakkabog‘ tuman bo‘limining dalolatnomalari). Natijada Qashqadaryo vohasidagi tarixiy shaharlar haqidagi ma’lumotlarning boyishiga, ayniqsa o‘rta asrlarda shakllangan shaharlar xususida aniq ilmiy qarashlarning yuzaga kelishiga imkoniyat yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatida joylashgan 55 ta masjid, 1 ta tarixiy uy, 1 ta dahma, 28 ta maqbara, 1 ta madrasa - jami 86 ta tarixiy yodgorliklarning klassifikatsiyasi yaratilib, ularning arxitekturaviy chizmalari hamda ob’ektlar haqidagi ma’lumotlar ilmiy muomalaga kiritilganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025 yil 15 dekabrdagi 04-07/5016-son ma’lumotnomasi; Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Kitob tumani bo‘limining 2025 yil 9 dekabrdagi 240-son; Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimligining 2025 yil 9 dekabrdagi 2932-son; Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Yakkabog‘ tuman bo‘limining dalolatnomalari). Natijada Qashqadaryo viloyatida qurilgan ko‘pchilikning e’tiboridan chetda qolgan me’moriy yodgorliklarning arxitekturasi haqida aniq ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatida joylashgan tarixiy yodgorliklar (masjidlar, maqbaralar, madrasalar, sardobalar)ning qurilish sanasi, joylashgan o‘rni, arxitekturasi, kompozision-tipologik echimlarini o‘zida jamlagan ma’lumotlar bazasi yaratilib, ulardagi farqli va o‘xshash jihatlar aniqlanganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025 yil 15 dekabrdagi 04-07/5016-son ma’lumotnomasi; Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Kitob tumani bo‘limining 2025 yil 9 dekabrdagi 240-son; Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimligining 2025 yil 9 dekabrdagi 2932-son; Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Yakkabog‘ tuman bo‘limining dalolatnomalari). Natijada tarixiy yodgorliklarning kompozision-tipologik echimlari haqida aniq tasavvur hosil qilish imkoniyati yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatida joylashgan Quyi Orol, Langar ota, Xitoy, Uychilik, Tezguzar, Kunchiqar, Shodi Shayx Vali, Tezob ota, Xo‘ja Abdulloh Ansoriy Vali, Ishkent, Xo‘ja Komil ota, Zomit masjidlari, Tezob ota, Shodi Shayx Vali maqbaralari, Oq saroy (Oq rabot) va Said Murod Amin rabotlarini grafik qayta tiklash taklif loyihalari ishlab chiqilganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025 yil 15 dekabrdagi 04-07/5016-son ma’lumotnomasi; Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Kitob tumani bo‘limining 2025 yil 9 dekabrdagi 240-son; Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimligining 2025 yil 9 dekabrdagi 2932-son; Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Yakkabog‘ tuman bo‘limining dalolatnomalari). Natijada tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan yodgorliklarni ta’mirlash va qayta tiklash imkoniyati yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatining barcha tumanlari hamda Shahrisabz, Qarshi shaharlarida joylashgan arxitektura ob’ektlari hududiy joylashuvi, arxitekturaviy qiymati va infratuzilmaning mavjudligiga ko‘ra kategoriyalashtirilib, ular haqidagi ma’lumotlar (lokatsiyasi, arxitekturaviy chizmalari va ko‘rinishlari, yozma matnlar)ni jamlagan samarador turistik marshrut taklif loyihalari ishlab chiqilganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025 yil 18 dekabrdagi 04-07/5092-son ma’lumotnomasi; Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Kitob tumani bo‘limining 2025 yil 9 dekabrdagi 240-son; Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimligining 2025 yil 9 dekabrdagi 2932-son; Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Yakkabog‘ tuman bo‘limining dalolatnomalari). Natijada tarixiy shaharlar va tumanlar hududlarida qulay imkoniyatlarga ega turistik marshrutlarni tuzish va hududda turizm infrastrukturasini boyitish imkoniyati yaratilgan.