Berdiyarov Bahriddin Tilovqabulovichning

falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rux boyitmalarini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish», 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi  (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha) (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T718.

Ilmiy rahbar: Xasanov Abdurashid Solievich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.28.02.2018.T.03.04.

Rasmiy opponentlar: Norxudjaev Fayzulla Ramazonovich, texnika fanlari doktori, professor; Tursunov Nodirjon Kayumjonovich, texnika fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: «O‘zmetkombinat» aksiyadorlik jamiyati.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: temir va kremniy miqdori yuqori bo‘lgan sulfidli rux boyitmalarini qayta ishlash texnologiyasini  takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qaynar qatlam pechlarida Xandiza konining sulfidli rux boyitmalariga ohaktosh qo‘shib tayyorlangan shixtani qayta ishlash imkoniyati ilk marotaba eksperimental tasdiqlangan va nazariy jihatdan asoslangan;

kuydirish shixtasi tarkibiga ohaktosh qo‘shib kislorodga boyitilgan havoda purkashning optimal sharoitlari o‘rnatilgan;

kuydirishda yuqori desulfurizatsiya darajasini ta’minlaydigan texnologik sxema ishlab chiqilgan;

rux keklarini vel`sevlash jarayonida koks sarfini kamaytirish texnologiyasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Rux boyitmalarini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

qaynar qatlam pechlarida qayta ishlash uchun yangi tarkib “Olmaliq KMK” AJga joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2019 yil 24 yanvardagi 63-260-son ma’lumotnomasi). Natijada Xandiza koni sul`fidli rux boyitmalariga ohak qo‘shib qaynar qatlam pechlarida qayta ishlash imkoniyati yaratilgan;

qaynar qatlam pechlarida qayta ishlanayotgan shixta massasiga nisbatan 7% ohaktosh qo‘shish «Olmaliq KMK» AJga joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2019 yil 24 yanvardagi 63-260-son ma’lumotnomasi). Natijada rux ferritlari va silikatlari hosil bo‘lish darajasining kamayishini ta’minlovchi optimal sharoitlar yaratilgan;

kuydirish davrida rux ferritlari va silikatlari hosil bo‘lishining kamayishini ta’minlovchi texnologiya «Olmaliq KMK» AJga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2019 yil 24 yanvardagi 63-260-son ma’lumotnomasi). Natijada rux ferritlari va silikatlarining miqdori 40% ga kamaytirish va chang chiqish darajasini pasaytirishga erishilgan;

kuydirish texnologik sxemasi «Olmaliq KMK» AJga joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJ ning 2019 yil 24 yanvardagi 63-260-son ma’lumotnomasi). Natijada desulfurizatsiya darajasini 92% oshirishga imkon yaratilgan;

kuydirish shixtasi tarkibiga ohak qo‘shib kislorodga boyitilgan havoni purkash texnologiyasi “Olmaliq KMK» AJga joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2019 yil 24 yanvardagi 63-260-son ma’lumotnomasi). Natijada pechning ishlab chiqarish unumdorligi va ruxning eritmaga ajratib olinishi ortgan hamda qaynar qatlam pechlarida changlanish kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish