Isaev Faxriddin Ikromovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soliq tahlili metodikasini takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/387.

Ilmiy rahbar: Kurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.

Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Ne’matulla Fatxullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: coliq tahlilini tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha soddalashtirilgan soliq hisoboti shakli taklif etilgan;

yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq hisoboti shaklini qisqartirish taklif etilgan;

soliq tahlilini o‘tkazishda muammo bo‘layotgan aybdorlari aniqlanmagan kamomadlarni chegirilmaydigan xarajatlarga kiritish taklif etilgan;

yagona soliq to‘lovchi korxonalar mahsuloti narxiga ta’sirni pasaytirish maqsadida soddalashtirilgan soliq to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini tabaqalashtirilgan stavkalarini joriy etish taklif etilgan;

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda sof va yalpi soliq yukini hisoblash usuli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Soliq tahlili metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisoboti shaklini takomillashgan, qisqartirilgan varianti taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 11 iyuldagi 106, 2018-49-sonli “Soliq hisobotining shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 23 iyuldagi 16/2-16442-son ma’lumotnomasi). Natijada hisobot shaklini qisqartirilishi evaziga buxgalterning ushbu hisobotni tuzishga sarflangan vaqti tejaldi, soliq tahlili axborot ta’minotini yaxshilash imkoni yaratilgan;

yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha soliq hisoboti shaklini takomillashgan, qisqartirilgan varianti taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 11 iyuldagi 106, 2018-49-sonli “Soliq hisobotining shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 23 iyuldagi 16/2-16442-son ma’lumotnomasi). Natijada hisobot shaklini qisqartirilishi evaziga soliq tahlili axborot ta’minoti takomillashtirilgan;

soliq xarajatlari hisob-axborot ta’minotidagi noaniqliklarni bartaraf qilish maqsadida “Chegirilmaydigan xarajatlar”ga “aybdorlari aniqlanmagan kamomadlar” me’yorini kiritish taklifi 2018 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-508-sonli “Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida o‘z aksini  topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 13 fevraldagi 14-04416-son ma’lumotnomasi). Taklif natijasida Soliq kodeksining 147-moddasiga “aybdorlari aniqlanmagan o‘g‘irliklar va kamomadlardan yoki zarur summalarning o‘rnini aybdor taraf hisobidan qoplash mumkin bo‘lmaganda ko‘rilgan zararlarni kiritish” deb o‘zgartirishlar kiritilgan;

soliq davri mobaynida tushumi 1 milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlar soddalashtirilgan soliq tartibidan umumbelgilangan soliq tartibiga o‘tkazilganda, ular uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini tabaqalashtirilgan stavkalarini joriy etish taklifi 2018 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-508-sonli “Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida o‘z aksini   topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 13 fevraldagi 14-04416-son ma’lumotnomasi). Taklif natijasida Soliq kodeksining 226-4-moddasiga qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibiga o‘tgan soliq to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ining farqlangan (pasaytirilgan) stavkalari kiritilgan;

sof va yalpi soliq yukini hisoblashda mahsulotni sotishdan sof tushum ko‘rsatkichiga nisbatan aniqlash usuli “Kitob ip yigiruv” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Kitob ip yigiruv” AJning 2018 yil 18 maydagi 2018/18-05-son ma’lumotnomasi). Natijada xo‘jalik yurituvchi sub’ekt darajasida soliq yuki ko‘rsatkichini hisoblashni osonlashtirishi va uning korxona moliyaviy holatiga ta’sirini ob’ektiv baholash imkonini berishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish