Abduraxmonov Sarvar Narzullaevichning
 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “GAT asosida demografik jarayonlarni kartaga olishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtish (O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari misolida)”, 11.00.07 - «Geoinformatika» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2025.4.DSc/T361.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Safarov Eshkabul Yuldashovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.10.08 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sultonov Murodjon Qilichovich - fan doktori (DSc), dosent; Raxmonov Qosimjon – fan doktori (DSc), dosent; Tojieva Zulxumor Nazarovna - fan doktori, professor.
Yetakchi tashkilot – Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi demografik jarayonlarni geoaxborot texnologiyalari va kartografik usullar asosida tadqiq qilish va tizimli xaritalarini tuzishda ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, geolokatsiyalash, fazoviy ma’lumotlarni modellashtirish, integratsiyalash, demografik jarayonlarni vizuallashtirish ishlarini takomillashtirishda geoinformatsion, aerokosmik va kartografik modellashtirish metodologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslarini ishlab chiqishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
demografik jarayonlarni geoinformatsion, masofadan zondlash texnologiyalari asosida fazoviy tahlil qilish hamda dinamik xaritalarini tuzish metodologiyasi ilmiy asoslagan geofazoviy-kartografik modellashtirish hamda geovizuallashtirish jarayonlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
ko‘p paradigmali, imperativ va protsessual dasturlash uslublariga asoslanib, Python, JavaScript, HTML hamda CSS dasturlash tillarini uyg‘unlashtirgan holda aholi dinamikasi monitoring natijalarini avtomatik hisoblash uchun algaritmik S.A.DemCalculator nomli (https://demographic-calculator.vercel.app/) demografik onlayn kalkulyator ishlab chiqilgan;
demografik jarayonlarni kompleks tahlil qiluvchi va statistik axborotlarni geovizuallashtiruvchi hamda online tizimga asoslangan interaktiv xaritalar veb-platformasi ishlab chiqilgan;
mintaqaviy demografik xaritalar tuzishning takomillashtirilgan metodologiyasi hamda hududiy atlas tizimini yaratish konsepsiyasi asosida O‘zbekiston oila demografiyasining elektron atlasi tuzilgan va veb-platformaga integratsiya qilingan;
GATning afzalligini inobatga olib veb-xizmatlar va kartografik veb-ilovalar asosida demografik atlasning “dematlassan” (https://www.dematlassan.uz/) veb sayti yaratilgan va Davlat demografik kadastrini tizimli yuritish maqsadida demografiya milliy portaliga (https://demografiya.uz/) integratsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonda demografik kartografiyaning rivojlanish tendensiyalarini zamonaviy GAT texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
demografik jarayonlarni geoinformatsion va masofadan zondlash texnologiyalari asosida fazoviy tahlil qilish hamda dinamik xaritalarini ishlab chiqish metodologiyasi ilmiy asoslagan geofazoviy - kartografik modellashtirish va geovizuallashtirish jarayonlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan va “Kartografiya” DIIChKda amaliyotga tadbiq qilingan (Kadastr agentligining 2025-yil 18-avgustdagi 05/9133-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, demografik xaritalarni tuzish ishlarida foydalanilgan holda ijobiy natijalarga erishilgan; 
ko‘p paradigmali, imperativ va protsessual dasturlash uslublariga asoslanib, Python, JavaScript, HTML hamda CSS dasturlash tillarini uyg‘unlashtirgan holda aholi dinamikasi monitoring natijalarini avtomatik hisoblash uchun algaritmik (S.A.DemCalculator (https://demographic-calculator.vercel.app/)) platforma yaratilgan va «Kartografiya» ilmiy - ishlab chiqarish davlat korxonasida joriy etilgan (Kadastr agentligining 2025-yil 18-avgustdagi 05/9133-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasi, tuzilayotgan kartografik veb-ilovalardagi mavjud tizimli demografik xaritalarning elementlarini operativ va yuqori aniqlikda shakllantirish imkonini bergan; 
demografik jarayonlarni kompleks tahlil qilish hamda tadqiqot davomida taklif etilayotgan “Davlat demografik kadastri”ni tizimli yuritish maqsadida statistik ma’lumotlarni geovizuallashtiruvchi onlayn tizimga asoslangan “dematlassan” (https://www.dematlassan.uz/) veb portali yaratilgan va “Davlat demografik kadastri”ni tizimli yuritish maqsadida demografiya milliy portaliga (https://demografiya.uz/) integratsiya qilingan.  (Kadastr agentligining 2025-yil 18-avgustdagi 05/9133-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Kadastr agentligi tizimidagi mavzuli interaktiv xaritalarni tuzish va ulardan foydalanish ishlarida etalon sifatida foydalanib kelinmoqda;
 mintaqaviy demografik xaritalar tuzishning takomillashtirilgan metodologiyasi hamda hududiy atlas tizimini yaratish konsepsiyasi asosida O‘zbekiston oila demografiyasining raqamli veb-atlasi yaratilgan (Kadastr agentligining 2025-yil 18-avgustdagi 05/9133-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Kartografiya” DIIChKda tuzilayotgan aholi xaritalarining sifati va tuzilishidagi tezkorligi hamda ma’lumotlarning aniqligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish