Oymatov Rustam Kamariddinovichning 
fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqlim o‘zgarishi sharoitida sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi erlarining ekologik holatini xaritaga olishning nazariy va uslubiy asoslarini takomillashtirish (Zarafshon vodiysi misolida)”, 11.00.06 - “Geodeziya. Kartografiya” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/T651.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Safarov Eshkabul Yuldashovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.10.08 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:  Mirmahmudov Erkin Raximjanovich – fan doktori (DSc), dotsent; Turaev Ruhiddin Amirqulovich - texnika fanlari doktori, professor; Juliev Muhiddin Komilovich - fan doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot – Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zarafshon vodiysi sug‘oriladigan erlarining ekologik holatini tadqiq qilish va xaritaga olishning ilmiy-uslubiy asoslarini zamonaviy texnologiyalar va matematik-kartografik modellashtirish asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sug‘oriladigan erlarning ekologik holatini xaritaga olishda qo‘llaniladigan ilmiy va texnik uslublar tasniflangan va ekologik metama’lumotlar bazasini yaratish algoritmlari ishlab chiqilgan;
geoinformatsion texnologiyalar hamda sug‘oriladigan erlarning ekologik holatini tasniflash va balli baholash uslubi asosida Zarafshon vodiysi sug‘oriladigan erlarini baholash indikatorlari aniqlangan;
ekologik-geografik xaritalarni tasniflanishning umumiy konseptual sxemasini ishlab chiqish orqali sug‘oriladigan erlarning ekologik holatini tasniflovchi xaritalar tizimi, ularning mazmun elementlari va vazifalari asoslangan;
baholash va monitoring maqsadlari uchun sug‘oriladigan erlarning ekologik holatini xaritaga olishning umumiy texnologik tizimi va metodologiyasi takomillashtirilgan; 
 “Respublika ekologik ma’lumotlar platformasi” ishlab chiqilgan holda integratsiyalashgan ekologik monitoring tizimi takomollashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Iqlim o‘zgarishi sharoitida sug‘oriladigan erlarning ekologik holatini xaritaga olishning nazariy va uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sug‘orilidan erlarning ekologik holatini xaritaga olishda qo‘llaniladigan ilmiy uslublar va texnik usullar bo‘yicha manbalarni tasniflash tizimi Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi “O‘zdaverloyiha” DILI bo‘linmalarida, Navoiy, Buxoro viloyatlari qishloq xo‘jaligi boshqarmalarida hamda “Kartografiya” DIIChKda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-02-1158-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik metama’lumotlarni GAT tizimiga bog‘lash orqali tadqiqot hududidagi sug‘oriladigan erlarning ekologik holati xaritalarini yaratish imkoniyati yaratilgan;
geoinformatsion texnologiyalar hamda sug‘oriladigan erlarning ekologik holatini baholash uslubi Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi “O‘zdaverloyiha” DILI bo‘linmalarida hamda Navoiy, Buxoro viloyatlari qishloq xo‘jaligi boshqarmalarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-02-1158-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan erlarning ekologik holatini baholash ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan holda Zarafshon vodiysi (Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari) sug‘oriladigan erlarining ekologik holatini baholash xaritalari yaratilgan;
ekologik-geografik xaritalarni tasniflanishning umumiy konseptual sxemasi “Kartografiya” DIIChKda amaliyotga joriy etilgan (“Kartografiya” DIIChKning 2025-yil 6-oktyabrdagi 8-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan erlarning ekologik holatini tasniflovchi xaritalar tizimi asoslanilgan va “Sug‘oriladigan erlarning ekologik holati” xaritasining mazmun elementlarini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
baholash va monitoring maqsadlari uchun sug‘oriladigan erlarning ekologik holatini xaritaga olishning takomillashtirilgan texnologik tizimi va metodologiyasi Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi “O‘zdaverloyiha” DILI bo‘linmalarida, Navoiy, Buxoro viloyatlari qishloq xo‘jaligi boshqarmalarida hamda “Kartografiya” DIIChKda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-02-1158-son ma’lumotnomasi). Natijada, Zarafshon vodiysi sug‘oriladigan erlarning ekologik holatini izohlovchi mavzuli xaritalarini yaratish imkonini bergan;
“Respublika ekologik ma’lumotlar platformasi” Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi “O‘zdaverloyiha” DILI bo‘linmalarida, Navoiy, Buxoro viloyatlari qishloq xo‘jaligi boshqarmalarida amaliyotga joriy etilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 20-oktyabrdagi 03-03/1-03/3-10579-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika, viloyat va tumanlar darajasida sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi erlarining ekologik holati bo‘yicha real vaqtda ma’lumot to‘plash, tahlil qilish bo‘yicha integratsiyalashgan monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish