Zaripov Musliddin Bahodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zgaruvchan kesimli kanallarning nostatsionar oqim sharoitida gidravlik hisob usulini takomillashtirish”.
05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2025.2. PhD /T5780
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Babajanov Yuldash Tilavovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.17.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Behzod Eshmirzaevich, texnika fanlari doktori, dotsent, Suyunov Javlon Shiralievich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zgaruvchan kesimli kanallarning nostatsionar oqim sharoitida gidravlik hisob usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zgaruvchan kesimli kanallarda suyuqlikning uyurmali harakati masalalarining analitik echimi va uyurmali zonaning geometrik o‘lchamlari oqimning statsionar va nostatsionar holatlari inobatga olingan holda aniqlangan;
suyuqlikning nostatsionar oqimini gidravlik va geometrik parametrlarini hisoblash usuli kanallarda kichik ta`sirlantirishlar usulidan foydalanilgan holatda  ishlab chiqilgan;
gidrodinamikaning konform akslantirish usulidan foydalanilgan holda o‘zgaruvchan kesim yuzasiga ega kanalning uyurmasiz oqimini ta`minlaydigan geometrik shakli ilmiy asoslangan; 
oqimning asosiy kanaldan torayuvchi kanalga kirish jarayoninining gidravlik hisob usuli jarayonda sodir bo‘ladigan uyurmali zona inobatga olingan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. o‘zgaruvchan kesimli kanallarning nostatsionar oqim sharoitida gidravlik hisob usulini takomillashtirish asosida:
torayuvchi kanal uchastkasida kinematik parametrlarni hisoblash usuli Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “Qarshi magistral` kanalidan foydalanish” boshqarmasi tasarrufidagi Talimarjon suv ombori suv qabul qiluvchi inshootida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 10-noyabr` 04/20-5941-sonli ma`lumotnomasi). Natijada kanallarning suv o‘tkazish imkoniyati taklif qilingan hisob usulining qo‘llanishi asosida 4-6 % ga oshirish imkoni yaratilgan;
“o‘zgaruvchan kesimli kanallarning nostatsionar oqim sharoitida gidravlik hisob usulini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar” “Suv xo‘jaligi vazirligi” tasarrufidagi “UZGIP” AJ loyihalash institutida gidrotexnika inshootlarini loyihalashda foydalanilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 10-noyabr` 04/20-5941-sonli ma`lumotnomasi). Natijada, kanalning suv o‘tkazish qobiliyatini 3-7% ga oshirish imkoniyati yaratilgan.
o‘zgaruvchan kesimli kanallarning nostatsionar oqim sharoitida gidravlik hisob usuli ma`lumotlari “Qarshi magistral` kanalidan foydalanish” boshqarmasi tasarrufidagi Talimarjon suv ombori suv qabul qiluvchi inshootida foydalanilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 10-noyabr` 2025-yil 04/20-5941-sonli ma`lumotnomasi). Natijada kanalning suv o‘tkazish qobiliyatini 7–8 foizga oshirishga imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish