Sayt test rejimida ishlamoqda

Kamalova El`vira Abdusattarovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuklarni tashishning logistik boshqaruvini takomillashtirish», 08.00.13–enejment (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.1.PhD/Iqt62.

Ilmiy rahbar: Karrieva Yakutxon Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.

Etakchi tashkilot: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tashqi iqtisodiy faoliyatda yuklarni avtomobil` transportida tashishning logistik boshqaruvini takomil­lashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

mahsulot etkazib berish zanjirining barcha pog‘onalarida «nou-xau» va axborot texnologiyalarining 3PL va 4PL provayderlik xizmatlarini joriy etish asosida logistika jarayoni bosqichlarini integrallash mexanizmi takomillashtirilgan;

logistik tizimning mahsulot etkazib berish zanjirlaridagi oqim jarayonlari rivojlanishini prognozlashning «onlayn»  rejimida «mijoz talabini aniq muddatda, kerakli hajmda va talab etilgan sifat darajasida qondirish» modeli takomillashtirilgan;

transport operatorlari faoliyati va xizmatlarini integral baholashda «insorsing» va «autsorsing» asosida transport-logistika xizmatlarining ratsional variantlarini tanlashning algoritmik asosi takomillashtirilgan;

erkin iqtisodiy zonalar iqtisodiyotini jadal rivojlantirish  sur’atlariga mutanosib ravishda ishlab chiqarish korxonalari va logistik infratuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirishning «moddiy, axborot va moliyaviy oqimlar zaxiralari» mexanizmi ishlab chiqilgan;

ekspert baholash, immitatsion modellashtirish usullarini qo‘llash orqali xalqaro yuklarni xususiy transport operatorlari tomonidan tashish jarayonlarini samarali boshqarishning «intelektual transport tizimlari» uslubiyati takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Yuklarni tashishni logistik boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

mahsulot etkazib berish zanjirining barcha pog‘onalarida «nou-xau» va axborot texnologiyalarining 3PL va 4PL provayderlik xizmatlarini joriy etish asosida logistika jarayoni bosqichlarini integrallash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘rta Osiyo Trans» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan («O‘rta Osiyo Trans» aksiyadorlik jamiyatining 2017 yil 7 dekabrdagi 01-2/875-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning «O‘rta Osiyo Trans» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilishi korxonaga qo‘shimcha 2600 mln. so‘m foyda olish imkonini bergan;

logistik tizimning mahsulot etkazib berish zanjirlaridagi oqim jarayonlari rivojlanishini prognozlashning «onlayn»  rejimida «mijoz talabini aniq muddatda, kerakli hajmda va talab etilgan sifat darajasida qondirish»ning takomillashtirilgan modeli «O‘rta Osiyo Trans» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan («O‘rta Osiyo Trans» aksiyadorlik jamiyatining 2017 yil 7 dekabrdagi 01-2/875-son ma’lumotnomasi). Ushbu modelning amaliyotga joriy etilishi «O‘rta Osiyo Trans» aksiyadorlik jamiyatida xalqaro transport tashuvlarini rejalashtirish jarayonini o‘rtacha 20 % ga qisqartirish imkonini bergan;

transport operatorlari faoliyati va xizmatlarini integral baholashda «insorsing» va «autsorsing» asosida transport-logistika xizmatlarining ratsional variantlarini tanlashning takomillashtirilgan algoritmi «O‘rta Osiyo Trans» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan («O‘rta Osiyo Trans» aksiyadorlik jamiyatining 2017 yil 7 dekabrdagi 01-2/875-son ma’lumotnomasi). Ushbu algoritmning «O‘rta Osiyo Trans» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilishi boshqaruv xarajatlarini 15-20% ga qisqartirishga va qo‘shimcha 500 mln. so‘m iqtisodiy samara olishga imkon bergan; 

erkin iqtisodiy zonalar iqtisodiyotini jadal rivojlantirish  sur’atlariga mutanosib ravishda ishlab chiqarish korxonalari va logistik infratuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirishning «moddiy, axborot va moliyaviy oqimlar zaxiralari» mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha berilgan  takliflar «Shoshtrans» qo‘shma korxonasi faoliyatiga joriy etilgan («Shoshtrans» qo‘shma korxonasining 2017 yil 22 noyabrdagi 01-356-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning «Shoshtrans» qo‘shma korxonasi faoliyatiga joriy etilishi transport-ekspeditorlik xizmatlarini 3PL darajagacha kengaytirishga imkon bergan va korxonaga qo‘shimcha 5 mlrd. so‘m iqtisodiy samara keltirgan;

ekspert baholash, immitatsion modellashtirish usullarini qo‘llash orqali xalqaro yuklarni xususiy transport operatorlari tomonidan tashish jarayonlarini samarali boshqarishning «intelektual transport tizimlari»ning takomillashtirilgan uslubiyati «Shoshtrans» qo‘shma korxonasi faoliyatiga joriy etilgan («Shoshtrans» qo‘shma korxonasining 2017 yil 22 noyabrdagi 01-356-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning «Shoshtrans» qo‘shma korxonasi faoliyatiga joriy etilishi boshqaruv xarajatlarini 10-15% ga kamaytirishga va qo‘shimcha 500 mln. so‘m iqtisodiy samara olishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish