Tugalov Feruz Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “m3m simmetriyali kubik kristallarning akustik xossalariga nuqtaviy nuqsonlarning ta’sir qonuniyatlari”, 01.04.03 –Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/FM1365.
Ilmiy rahbar: Axmedjanov Farxad Rashidovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.05/2025.27.12.FM/T.09.01
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaev Ilyos Arzimurodovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Shermatova Feruza Abdurashid qizi, fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Kubik m3m simmetriyaga ega kristallarda turli tabiatli nuqtaviy nuqsonlarning akustik to‘lqinlar xossalariga ta’sir etish qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
NaCl1-xBrx kristallarida [100] yoʻnalish bo‘yicha akustik to‘lqinlarning tezligini aniqlovchi samarali elastik konstantalar brom kirishmasi konsentratsiyasi o‘zgarishi bilan chiziqli o‘zgarishi kuzatilgan;
NaCl1-xBrx va TlCl0.7Br0.3 kristallarida oddiy akustik to‘lqinlar energiya oqimidan og‘ishlarsiz tarqalishi maxsus yo‘nalishlar mavjudligi aniqlangan;
nuqsonli kristallarda akustik to‘lqinlarning so‘nish koeffisientining sezilarli kamayishi issiqlik fononlarining relaksatsiya vaqti va effektiv Gryunayzen konstantasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqligi aniqlangan;
birinchi marta sof va nuqtaviy nuqsonli litiy ftorid kristallarida 300-450 K harorat oralig‘ida elastik konstanta c11 ning temperaturaviy koeffisienti o‘zgarmasligi va uning qiymati 510-3 grad-1 ga teng ekanligi aniqlangan;
gamma-nurlanishli LiF kristallarida birinchi marta akustik to‘lqinlarning so‘nishining haroratga bog‘liqligida nurlanish dozasining ortishi bilan o‘zgaradigan maksimumlar aniqlandi. Kuzatilgan siljish ion harakatining aktivlanish energiyasining 0,33 dan 0,36 eV gacha o‘zgarishi bilan izohlanadi.
nurlantirilgan LiF kristallarida akustik to‘lqinlarning so‘nishi relaksatsiya mexanizm orqali sodir bo‘ladi. Bu mexanizm deformatsiya potensiali orqali amalga oshadigan akustoion o‘zaro ta’sir bilan bog‘liq bo‘lib, haroratga bog‘liq so‘nish grafigida akustik so‘nish koeffisientining maksimumlarni keltirib chiqaradi.
gamma-nurlanishili LiF kristallarida ion harakatining relaksatsiya vaqtlari va aktivlanish energiyalari 300-450 K harorat oralig‘ida, 106 dan 108 R gacha bo‘lgan turli nurlanish dozalarida aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Kubik m3m simmetriyali kristallarning akustik xossalariga nuqtaviy nuqsonlarning ta’sir qonuniyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi doirasida olingan tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishda qo‘llanildi. Xususan, γ-nurlanishning lityum ftorid (LiF) kristallarining akustik xususiyatlariga ta’sirini, shu jumladan elastik konstantalar va akustik to‘lqinlar tezligining nurlanish dozasi va haroratiga bog‘liqligini o‘rganishga bag‘ishlangan dissertatsiya tadqiqotining bo‘limlari O‘zR FA Yadro fizikasi instituti nanostrukturali va o‘ta-o‘tkazuvchan materiallar fizikasi laboratoriyasida O‘zR Prezidentining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan PQ-4526-sonli qarorining 2-bandi bilan tasdiqlangan “Shisha va kristalli matrisalarga nano o‘lchamli kiritmalarni modifikatsiyalash va radiatsiyaviy induksiyalangan sintezi” mavzusidagi fundamental dasturni amalga oshirishda qo‘llanildi (2025-yil 24-oktyabrdagi 31-2115-997-sonli xat). Turli dozalarda γ-kvantlar bilan nurlantirilgan LiF kristallaridagi relaksatsiya vaqti va Gryunayzen konstantalarini aniqlash uchun mo‘ljallangan ilmiy ma’lumotlar va taklif qilingan bog‘liqliklardan foydalanish, bu kristallardagi nanokristallitlarning mexanik xossalari γ-nurlanishdan keyin qanday o‘zgarishini aniqlash va tushuntirish imkonini berdi.