Rustamov Erbol Nasimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Algoritmi obrabotki znaniy” (“Bilimlarni qayta ishlash algoritmlari”), 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T162.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitet, DSc.03/26.05.2022.T.10.05 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Mirhalil Agzamovich, texnika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Sherali Umarjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Olmaota shahridagi Akademik Umirbek Arislanovich Joldasbekov nomidagi mexanika va mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fraktal produksion bilim asosida bilimlarni shakllantirish va qayta ishlash algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
belgilar qiymatlari asosida ularni lokal va global xossalarini baholash algoritmi ishlab chiqilgan;
fraktal produksion bilim asosida bilimlarni shakllantirish algoritmi taklif etilgan;
“sabab-oqibat” munosabatlari asosida produksion bilimlarini relyasion ko‘rinishda ifodalash algoritmi ishlab chiqilgan;
bilimlarni relyasion ko‘rinishda ifodalashni hisobga olgan holda bilimlarni qayta ishlash algoritmi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bilim fraktallarini generatsiya qilishning nazariy konsepsiyasining mavjud va taklif etilgan modellari hamda algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua:
fraktal produksion bilimlaridan foydalangan ma’lumotlarni qayta ishlash algoritmi asosida yaratilgan dasturiy ta’minot paketi Farg‘ona mintaqasi dzyudo federatsiyasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Dzyudo federatsiyasining 2025-yil 30-oktyabrdagi 1213-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona mintaqasidagi sportchilarning mushak xususiyatlarini tashxislash bo‘yicha bilim bazasini yaratishda mehnat xarajatlarini 10–12%ga kamaytirish imkonini bergan;
fraktal produksion bilimlaridan foydalangan ma’lumotlarni qayta ishlash algoritmi asosida yaratilgan dasturiy ta’minot paketi Qashqadaryo viloyati dzyudo federatsiyasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Judo federatsiyasining 2025-yil 30-oktyabrdagi 1213-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo viloyati sportchilarning mushak xususiyatlarini tashxislash muammosini hal etishda bilim bazasini rivojlantirish jarayonining mehnat intensivligini 10–12% ga kamaytirish imkonini bergan;
munosabatli produksion bilimlarini ifodalash usulidan foydalangan holda ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot paketi Toshkent viloyatidagi “ORZU Med” ZANGIOTAda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Dzyudo federatsiyasining 2025 yil 30 oktyabrdagi 1213-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sabab-oqibat munosabatlarini muvaffaqiyatli aniqlaydi, bu esa munosabatli shakldagi bilim elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqroq tushunishga imkon bergan. Ishlab chiqilgan algoritmik modellar ayollarda ishemik insultni tashxislash muammosini hal etishda bilimlar bazasini ishlab chiqish jarayonining mehnat intensivligini 10–15% ga kamaytirish imkonini bergan.