Mirzaeva Elena Innokent`evnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

                                                  

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonlari uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda ikkilamchi alyuminiy oksidi adsorbentini qullash texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/177.

Ilmiy rahbar: Yunusov Miraxmad Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxob Ikramovich, texnika fanlari doktori, professor; Xamidov Basit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston neft-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonlari uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda ikkilamchi alyuminiy oksidi adsorbentini qo‘llash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

mahalliy mineral xomashyo Angren kaolini va ikkilamchi alyumooksid adsorbentdan foydalanib olingan yangi, samarali metallsizlantiruvchi mahalliy katalizator tarkibi yaratilgan;

ikkilamchi alyumooksid adsorbent, alyuminiy gidroksid va Angren kaolini fraksion tarkibi va nisbatlarini o‘zgartirish orqali, metallsizlantirish katalizatorining zarur teksturali tavsifi aniqlangan;

ikkilamchi alyumooksid adsorbentdan qayta cho‘ktirish orqali psevdobemit shaklidagi alyuminiy gidrooksid olish usuli va texnologiyasi ishlab chiqilgan;

neft` konversiyasi katalizatorlari magniy-alyuminiyli shpinel tashuvchilari - dispers sintezi uchun psevdobemit shaklidagi alyuminiy gidrooksiddan foydalanish aniqlangan;

gidrotozalash jarayonlari uchun ikkilamchi alyumooksid adsorbent asosida uglerodli katalizatorlar va tashuvchilarning olish usuli va texnologiyasi ishlab chiqilgan;

uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonlari uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda ikkilamchi alyuminiy oksidi adsorbentini qo‘llash texnologiyasi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonlari uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda ikkilamchi alyuminiy oksidi adsorbentini qo‘llash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Angren kaolini va ikkilamchi alyumooksid adsorbenti asosida himoya qatlami katalizatori olish tarkibi va texnologiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining patenti olingan (№IAP 05063, 2015 y.). Natijada mahalliy xomashyolar asosida moylarni tozalash uchun katalizator olish imkonini bergan;

Angren kaolin va ikkilamchi alyumooksid adsorbenti asosida himoya qatlami katalizatorlarini olish texnologik sharti «Uzbekneftegaz» MXK tarmoq standarti 6.3.1 bandiga asosan (TSt39.0-014:2007) «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» tomonidan tasdiqlangan (TSh 19.03-014:2011). Natijada yaratilgan himoya qatlam katalizatorini ishlab chiqarish imkonini bergan;

yaratilgan himoya qatlam katalizatori Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining R-2 reaktori ikkinchi potokining G-24 qurilmasida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2018 yil 23 noyabrdagi 06/23-2-87-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijdan moylarni tozalash uchun olib kelinadigan himoya qatlami katalizatorini 100% almashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish