Xakimova Kamolatxon Raximjonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi ekologik atlasining tarkibi va mazmunini ishlab chiqishning geografik jihatlari», 11.00.06–Geodeziya. Kartografiya (geografiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Gr68.

Ilmiy rahbar: Safarov Eshkobul Yuldashovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G.01.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Hikmatov Fazliddin, geografiya fanlari doktori, professor; Musaev Ilhomjon Maqsudovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi ekologik atlasining tarkibi va mazmunini yaratish hamda undan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ekologik atlaslarning strukturasi va mazmuni «landshaftlarga antropogen yuk darajasi», «demoekologik holat» kartalari asosida takomillashtirilgan;

ilk bor Farg‘ona vodiysi ekologik atlasi (ArcGIS, QGIS dasturlaridan foydalanib) yaratilgan;

Farg‘ona vodiysidagi muhofazaga muhtoj hududlar ekologik holatini tasvirlash raqamli kartalari TIN (Triangulated irregular network), SHAPE vektor va GRID rastr faylli modellarida takomillashtirilgan;

inventarlash kartalari foydalanilgan interaktiv kartalar va joyning balandliklar modeli DEM (Digital Elevation Model) asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Farg‘ona vodiysi ekologik atlasining tarkibi va mazmunini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:

«landshaftlarga antropogen yuk darajasi», «demoekologik holat» kartalari O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 13 fevraldagi 02-02-1182-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarining o‘quv o‘lkashunoslik atlasi tarkibiga kiritilgan «Ekologiya», «Qishloq xo‘jaligi», «Irrigatsiya va melioratsiya» kartalari mazmunini takomillashtirish imkonini bergan;

Farg‘ona vodiysi ekologik atlasining ArcGIS, QGIS dasturlaridan foydalanib ishlab chiqilgan maket komponovkasi, jihozlanishi, generalizatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 13 fevraldagi 02-02-1182-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Milliy atlasi tarkibiga kiritilgan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining «Tabiatni muhofaza qilish», «Farg‘ona vodiysi bo‘yicha er usti suvlarining minerallashuv dinamikasi» kartalarini GIS texnologiyalari yordamida yaratish imkonini bergan;

SHAPE vektor va GRID rastr faylli modellarida takomillashtirilgan Farg‘ona vodiysidagi muhofazaga muhtoj hududlarning ekologik mazmundagi va tarkibdagi vektorli kartalari O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 13 fevraldagi 02-02-1182-son ma’lumotnomasi). Natijada Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining umumgeografik kartalari mazmunini takomillashtirish imkonini bergan;

interaktiv kartalari va DEM modeli asosida takomillashtirilgan inventarlash kartalaridan O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 13 fevraldagi 02-02-1182-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatlarning tuproq va er resurslaridan foydalanish kartalarini fazoviy ma’lumotlar asosida ishlab chiqish va inventarlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish