Tursunova Odinaxon Azimjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili fonetik birliklarining poetik imkoniyatlari”, 10.00.01–O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil297.
Ilmiy rahbar: Shahobiddinova Shohida Hoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Odilov Yorqinjon Raxmonalievich, filologiya fanlari doktori; Muhammadjonova Go‘zalxon, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: o‘zbek tilidagi fonetik vositalarning poetik imkoniyatlarini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
germenevtikaning poetik nutqni tushunish va tushuntirishda metodologik asos sifatidagi roli hamda matnning poetik qurilishida unli va undosh tovushlarning emotsional-ekspressiv vazifalari asoslangan;
nutqning fonopoetik shakllanishida geminatsiya, onomatopeya, anagramma, fonetik takror kabi vositalarining ahamiyati ochib berilgan;
poetik nutqda tovushlarning konnotativlikni oshirishdagi roli, ularning poetik, pragmatik, semantik funksiyalari aniqlangan;
fonetik vositalarning badiiy matnlarda mazmunni yorqin ifodalashda poetik ifodani yuzaga chiqarishdagi roli dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tili fonetik birliklarining poetik imkoniyatlari mavzusida olib borilgan tadqiqotlar asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
badiiy nutqni shakllantiruvchi fonetik birliklar tadqiqida «Uzluksiz ta’limda o‘quvchilar til kompetentligini shakllantirishning zamonaviy usullari» mavzusidagi A-1-126 raqamli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 yanvardagi 89-03-22-son ma’lumotnomasi). Natijada grant doirasida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalarning ilmiyligi ortgan;
masallarda tovushlarning poetik ma’no hamda ularning ramziy ifoda xususiyatlarini ochib berishda YoF 8-08 raqamli «Masal va masal tipidagi asarlarning qiyosiy-tipologik tadqiqi» mavzusidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturi grantida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 yanvardagi 89-03-22-son ma’lumotnomasi). Natijada masallarning fonetik xususiyatlari bo‘yicha qarashlarning ilmiyligi oshishiga xizmat qilgan;
fonopoetik vositalarning ahamiyati xususidagi xulosalardan Andijon viloyat teleradiokompaniyasining efirga uzatilgan «Ijod gulshani» ko‘rsatuvi hamda «Andijon–FM» radiosining «Ko‘ngil bekati» radioeshittirish ssenariysida foydalanilgan (Andijon viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 29 yanvardagi 20-24/30-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan.