Taspanova Ayzada Kenjebaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalar aylanma mablag‘larini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt215.

Ilmiy rahbar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.27.06.2017.I.16.03.

Rasmiy opponentlar:Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Olim Abdirayimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi sanoat korxonalarining  aylanma mablag‘larini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirishga  qaratilgan  ilmiy  takliflar  va  amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

debitor qarzdorlik va tovar zaxiralarining aylanishini tezlashtirish, pul mablag‘larining joriy aktivlar hajmidagi salmog‘ini oshirish, korxonalar tomonidan  yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga  qilinadigan qisqa muddatli moliyaviy investisiyalar hajmini oshirish, joriy  aktivlar va joriy passivlar o‘rtasidagi nisbat mutanosibligini ta’minlash orqali ularning pul oqimi barqarorligini  oshirish asoslangan;

korxonaning to‘lovga qobilligini oshirish usuli aylanma mablag‘lar aylanish koeffisientlarining nisbatan  yuqori va barqaror darajasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;

korxonalar aylanma mablag‘lar kirimi va chiqimini taqqoslash orqali pul oqimini baholash usuliga asoslangan korxonalararo debitor qarzdorlikni kamaytirish mexanizmi taklif qilingan;

korxonalar aylanma mablag‘larini moliyalashtirish amaliyoti kichik sanoat korxonalari tomonidan yirik korxonalarga sotilgan tovarlarni hujjatlashtirilgan akkreditivlar orqali to‘lash asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Korxonalar aylanma mablag‘larini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

iqtisodiyotning real sektori korxonalarining pul oqimi barqarorligini  oshirish  yo‘li bilan ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida, debitor qarzdorlik va tovar zaxiralarining aylanishini tezlashtirish, pul mablag‘larining joriy aktivlar hajmidagi salmog‘ini oshirish, ushbu korxonalar tomonidan  yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga  qilinadigan qisqa muddatli moliyaviy investisiyalar hajmini oshirish, joriy  aktivlar va joriy passivlar o‘rtasidagi nisbat mutanosibligini joriy likvidlilik koeffisientining eng past me’yoriy darajasidan kelib chiqqan holda ta’minlash taklifi  «TOSHKENT YOG-MOY KOMBINATI» AJ tomonidan amaliyotga qo‘llanilgan («TOSHKENT YOG-MOY KOMBINATI» AJning 2019 yil 28 yanvardagi 98/01-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida aksiyadorlik jamiyati pul mablag‘larining joriy aktivlar hajmidagi ulushi 2017 yilda 2016 yilga nisbatan 6,3 foizli punktga oshgan;

korxonalar aylanma mablag‘lari aylanish koeffisientlarining  nisbatan  yuqori va barqaror  darajasini ta’minlash yo‘li bilan ularning to‘lovga qobilligini oshirish taklifi «TOSHKENT YOG-MOY KOMBINATI» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan («TOSHKENT YOG-MOY KOMBINATI» AJning 2019 yil 28 yanvardagi 98/01-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbig‘i natijasida aksiyadorlik jamiyatining joriy likvidlilik koeffisienti 2017 yilda 2016 yilga nisbatan 0,2 punktga ortgan;

korxonalar aylanma mablag‘lari aylanish koeffisientlarining barqaror darajasini ta’minlash va sanoat  korxonalarining  aylanma  mablag‘laridan foydalanish samaradorligini baholashni  takomillashtirish  maqsadida aylanma mablag‘lar kirimi va chiqimini  taqqoslashga  asoslangan  pul oqimini  baholash usulini joriy qilish orqali korxonalar o‘rtasidagi debitor qarzdorlikni kamaytirish taklifi «TOSHKENT YOG-MOY KOMBINATI» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan («TOSHKENT YOG-MOY KOMBINATI» AJning 2019 yil 28 yanvardagi 98/01-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida aksiyadorlik jamiyatida debitor qarzdorlik 2017 yilda 75,5 mln. so‘mga kamaygan;

kichik sanoat korxonalari tomonidan yirik korxonalarga sotilgan tovarlarni hujjatlashtirilgan akkreditivlar orqali to‘lashni yo‘lga qo‘yish taklifi Qoraqalpog‘iston  Respublikasi «Kichik sanoat zonalari» direksiyasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan («Kichik sanoat zonalari» direksiyasining 2018 yil 15 noyabrdagi 39-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Kichik sanoat zonalari»da faoliyat yuritayotgan kichik korxonalarning debitor qarzdorligining aylanish koeffisienti 14 kunga kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish