Madaminov Baxromjon Mansurjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Yoshlarni axloqiy tarbiyalash jarayonida milliy qahramonlik tuyg‘usini mustahkamlashning ijtimoiy-falsafiy jihatlari”
09.00.04-Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fal1490
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/28.08.2024.F.05.08. raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: O‘rinboev Davlatjon Baxtiyorovich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Nazar Xakimov falsafa fanlari doktori, professor. Rimma Ramilovna Zamilova pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarni axloqiy tarbiyalashda milliy qahramonlik tuyg‘usini mustahkamlashning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarni axloqiy tarbiyalashda milliy qahramonlik tuyg‘usini mustahkamlash asosi “jasorat va shijoat” va “sadoqat va fidoyilik”ning gnoseologik xususiyatlari tizimli-funksional tamoyil asosida ochib berilgan;
milliy qahramonlikning ijtimoiy-ma’naviy mohiyatiga doir konseptual qarashlar asosida yoshlarni axloqiy tarbiyalashni rivojlantiruvchi “qahramonlik” omilining aksiologik jihatlari asoslangan;
yoshlarni axloqiy tarbiyalashning milliy qahramonlik tuyg‘usini mustahkamlashda ijtimoiy stereotip, odat va fazilat kabi ob’ektiv omillarning dialektik bog‘liqligi falsafiy jihatdan ochib berilgan;
milliy qahramonlik tarixiy qahramonning namunasi sifatida yoshlarni yuksak axloqiy fazilatlarini shakllantirishning ijtimoiy-axloqiy, ma’naviy va tashkiliy mexanizmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Yoshlarni axloqiy tarbiyalash jarayonida milliy qahramonlik tuyg‘usini mustahkamlashning ijtimoiy-falsafiy jihatlari” bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
yoshlarni axloqiy tarbiyalashda milliy qahramonlik tuyg‘usini mustahkamlash asosi “jasorat va shijoat” va “sadoqat va fidoyilik”ning gnoseologik xususiyatlari tizimli-funksional tamoyilga oid ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan PZ-20170928696-raqamli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2024-yil 15-apreldagi 01/12-4735-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi yoshlarni axloqiy tarbiyalashda o‘zbek xalqi milliy qahramonlik tuyg‘usini mustahkamlash asosida jasorat va shijoat, sadoqat va fidoyilik, vatanparvarlik va erkparvarlikning gnoseologik xususiyatlarining ijtimoiy-falsafiy tahlilini amalga oshirishga xizmat qilgan.
yoshlarni axloqiy tarbiyalashning milliy qahramonlik tuyg‘usini mustahkamlashda ijtimoiy stereotip, odat va fazilat kabi ob’ektiv omillarning dialektik bog‘liqligiga oid ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 20-maydagi 02-31-521-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi o‘zbek xalqi milliy qahramonlik dunyoqarashining ijtimoiy-ma’naviy mohiyatiga doir konseptual qarashlarning ijtimoiy-falsafiy tahlilini amalga oshirishga xizmat qilgan.
milliy qahramonlikning ijtimoiy-ma’naviy mohiyatiga doir konseptual qarashlar asosida yoshlarni axloqiy tarbiyalashni rivojlantiruvchi “qahramonlik” omilining aksiologik jihatlar doir ilmiy yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatiga keng tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi III yo‘nalishiga oid oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar 10-bandi “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyati va uni amalga oshirishning ilmiy-amaliy masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-seminarini o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 28-martdagi 281/2-son dalolatnomasi). Natijada o‘zbek xalqi milliy qahramonlik merosi, tarixiy qahramonning jasorati, milliy qahramonlik namunalari, milliy qahramonlar shaxsiyatinini falsafiy tahlili asosida yoshlarni axloqiy tarbiyalashga, yuksak axloqiy fazilatlarni, jasorat va shijoatni shakllantirish va targ‘ibot texnologiyalari takomillashtirilgan.
Ilmiy kengash raisi: M.A.Mamatov
Ilmiy kengash kotibi: S.U.Yuldashev
Ilmiy rahbar: D.B.O‘rinboev
Talabgor: B.M.Madaminov
“_____” _____________ 2025