Allambergenov Saparbay Dauletbaevichning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish», 12.00.02–Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Yu90.
Ilmiy rahbar: Kutibaeva Elizaveta Duysenbaeva, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.
Rasmiy opponentlar: Tul`teev Il`yas Tavasovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Xashimhonov Ahrorxon Muminovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi faoliyatini tizimli va kompleks tadqiq etish orqali uning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha asoslantirilgan ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Vazirlar Kengashi Raisining Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng dolzarb va muhim masalalari yuzasidan hisobotini Jo‘qorg‘i Kengesi sessiyasida muhokama qilish maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
Vazirlar Kengashi a’zolarining Jo‘qorg‘i Kengesi oldidagi mas’uliyati va javobgarligini yanada kuchaytirish maqsadida Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumiga parlament so‘rovini yo‘llash vakolatini berish zarurati asoslantirilgan;
Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismiga Vazirlar Kengashi Raisiga nisbatan ishonchsizlik votumini bildirish huquqini berish va ishonchsizlik votumini Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi tomonidan qabul qilish zarurati asoslab berilgan;
Vazirlar Kengashi Raisi nomzodini Jo‘qorg‘i Kengesiga o‘tkazilgan saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlari yoki teng miqdorda deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan siyosiy partiyalar tomonidan Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga taklif etish, Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda uning nomzodini Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritish maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan;
Vazirlar Kengashining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi vakolatlarini belgilash va ularni samarali amalga oshirishga xizmat qilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasini baholashda Vazirlar Kengashi Raisining hisobotini Jo‘qorg‘i Kengesi sessiyasida muhokama qilish to‘g‘risidagi taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 2015 yil 28 iyuldagi 43/VI-sonli sessiya qarori bilan qabul qilingan «Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi to‘g‘risida»gi Qonuni 151-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qonuniylik, sud-huquq va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari masalalari qo‘mitasining 2015 yil 11 dekabrdagi 03hq-04-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan Vazirlar Kengashi Raisining Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish va muhokama qilishda Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini kompleks baholash imkonini bergan;
Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumiga parlament so‘rovini yo‘llash to‘g‘risidagi taklifni Jo‘qorg‘i Kengesiga kiritish vakolatini berish taklifi 2016 yil 28 dekabrda qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasining «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi Qonuni 14-modda va 18-moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qonuniylik, sud-huquq va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari masalalari qo‘mitasining 2017 yil 15 fevraldagi 03-134-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumiga Vazirlar Kengashi a’zolari vakolatlariga taalluqli masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborish imkoniyatini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi vakolatlarini belgilash va ularni samarali amalga oshirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 2017 yil 30 dekabrdagi sessiyasida 166/XIX-sonli qarori bilan qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasining «Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonuni 4-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qonuniylik, sud-huquq va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari masalalari qo‘mitasining 2017 yil 30 dekabrdagi 03-1001/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi vakolatlarini aniqlashtirish va ularni samarali amalga oshirishga xizmat qilgan;
«Konstitutsiyaviy huquq» nomli darslik va «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi faoliyatining huquqiy asoslari» nomli o‘quv qo‘llanma nashr etilgan va o‘quv jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining 2014 yil 15 avgustdagi 2-son qaror bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining 2017 yil 16 sentyabrdagi «Ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish to‘g‘risida»gi ma’lumotnomasi). Natija tinglovchilarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati faoliyati, Vazirlar Kengashining davlat hokimiyati tizimida tutgan o‘rni, Vazirlar Kengashi faoliyatining asosiy prinsiplari, huquq ijodkorligi va uning boshqa davlat hokimiyati organlari bilan munosabatlari bo‘yicha nazariy-huquqiy bilimlarni o‘zlashtirishga xizmat qilgan.