Zarifov Sherdor Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ixtisoslashtirilgan maktablarda 8-sinf biologiya o‘quv fanini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (biologiya)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10035.
Ilmiy rahbar: Raxmatov Uchkun Ergashevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.20.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirzaeva Nodira Abduxamidovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Saparov Turdibay Tolibaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ixtisoslashtirilgan maktablarda 8-sinf biologiya o‘quv fanini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ixtisoslashtirilgan maktablarda 8-sinf biologiya darslarini B.Blumning o‘quv maqsadlari taksonomiyasi asosida murakkablik darajasi farqlanuvchi o‘quv topshiriqlari orqali optimallashtirishga xizmat qiluvchi ilmiy-nazariy yondashuvni ishlab chiqish, bunda nazariya va amaliyot uyg‘unligiga erishish, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini adaptiv yondashuvlar asosida tabaqalashtirish, shuningdek, ta’lim jarayonining tadqiqiy komponentini bosqichma-bosqich kengaytirishga ustuvorlik berish asosiy metodik yo‘nalish sifatida aniqlashtirilgan;
ixtisoslashtirilgan maktablarda 8-sinf biologiya fanini o‘qitishda innovatsion ta’lim jarayonining metodik tuzilmasi - ya’ni, uning tashkiliy, maqsadga yo‘naltirilgan, mantiqiy-tuzilmali va diagnostik-natijaviy komponentlari - virtual ta’lim muhitining asinxron imkoniyatlariga asoslangan mustaqil ta’lim elementlarini integratsiyalash orqali yangicha mazmunda ishlab chiqildi. Mazkur yondashuv biologiya ta’limida o‘quvchining individual o‘quv traektoriyasini shakllantirish, o‘zlashtirish darajasini monitoring qilish hamda dars jarayonini funksional moslashuvchanlik asosida qurishga metodik jihatidan takomillashtirilgan;
xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlili asosida ixtisoslashtirilgan maktablarda biologiya fanini innovatsion yondashuvlar asosida o‘qitishga doir ilmiy-nazariy model konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Mazkur model zamonaviy ta’lim texnologiyalarining integratsiyasi, o‘quv faoliyatining interaktivligi, o‘quvchining mustaqil va ijodiy tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yondashuvlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, uning amaliy qo‘llanish mexanizmlari tizimli asosda takomillashtirilgan;
ixtisoslashtirilgan maktablarning 8-sinf o‘quvchilari uchun anatomiya fanini innovatsion texnologiyalar asosida o‘qitishga xizmat qiluvchi elektron o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan. Mazkur qo‘llanma tarkibiga integratsiyalangan raqamli ta’lim vositalarning (multimedia resurslari, interaktiv testlar, virtual tajriba modullari va o‘yinli topshiriqlar) samarali qo‘llanish imkoniyatlari tizimlashtirilib, ularning o‘zaro sinxronlashgan holda ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi uchun metodik tizim ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ixtisoslashtirilgan maktablarda 8-sinf biologiya o‘quv fanini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalar asosida: 
ixtisoslashtirilgan maktablarda 8-sinf biologiya darslarini B. Blumning o‘quv maqsadlari taksonomiyasi asosida murakkablik darajasi farqlanuvchi o‘quv topshiriqlari orqali optimallashtirishga xizmat qiluvchi ilmiy-nazariy yondashuvni ishlab chiqish, bunda nazariya va amaliyot uyg‘unligiga erishish, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini adaptiv yondashuvlar asosida tabaqalashtirish, shuningdek, ta’lim jarayonining tadqiqiy komponentini bosqichma-bosqich kengaytirishga ustuvorlik berish asosiy metodik yo‘nalish sifatida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Biologiyadan masala va mashqlar echish (Odam va uning salomatligi)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 04 iyuldagi 22-01-129/22-son ma’lumotnomasi). Natijada,  o‘qituvchilarning innivatsion ta’lim muhitida ta’lim sifati va samaradorligini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-ommabop adabiyotlardan qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalanishga sharoit yaratilgan; 
ixtisoslashtirilgan maktablarda 8-sinf biologiya fanini o‘qitishda innovatsion ta’limning  tashkiliy, maqsadga yo‘naltirilganb mantiiy- tuzilmalib diognostik natijaviy metodik tuzilmasi virtual talim muhitining asinxron imkoniyatiga uygunlashgan mustaqil talim elementlarini integratsiyalash asosida takomillashtirish buyicha tavsiyalar “Biologiyadan masala va mashqlar echish (Odam va uning salomatligi)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 04 iyuldagi 22-01-129/22-son ma’lumotnomasi). Bu esa biologiya fani o‘qituvchilarning o‘quv faoliyatlarida interaktiv ta’lim resurslari  bilan ishlash samaradorligini oshirish orqali biologiya (Odam va uning salomatligi) fanini o‘qitish jarayonlarini tizimlashtirish imkonini bergan;
xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlili asosida ixtisoslashtirilgan maktablarda biologiya fanini innovatsion yondashuvlar asosida o‘qitishga doir ilmiy-nazariy model konsepsiyasi ishlab chiqildi. Mazkur model zamonaviy ta’lim texnologiyalarining integratsiyasi, o‘quv faoliyatining interaktivligi, o‘quvchining mustaqil va ijodiy tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yondashuvlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, uning amaliy qo‘llanish mexanizmlari tizimli asosda takomillashtirishga oid takliflar “Biologiyadan masala va mashqlar echish (Odam va uning salomatligi)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 04 iyuldagi 22-01-129/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak biologia fani o‘qituvchilarining biologiya faniga oid kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish bosqichlari va baholash mezonlarini aniqlash imkoni kengaytirilgan;
ixtisoslashtirilgan maktablarning 8-sinf o‘quvchilari uchun anatomiya fanini innovatsion texnologiyalar asosida o‘qitishga xizmat qiluvchi elektron o‘quv qo‘llanma ishlab chiqildi. Mazkur majmua tarkibiga integratsiyalangan raqamli ta’lim vositalarning (multimedia resurslari, interaktiv testlar, virtual tajriba modullari va o‘yinli topshiriqlar) samarali qo‘llanish imkoniyatlari tizimlashtirilib, ularning o‘zaro sinxronlashgan holda ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi uchun metodik tizim ishlab chiqilshga oid  tavsiyalar “Biologiyadan masala va mashqlar echish (Odam va uning salomatligi)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 04 iyuldagi 22-01-129/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limni axborotlashtirish sharoitida uzlyuksiz ta’lim muassasalarida faol axborot almashish imkoniyati va interaktiv texnologiyalardan ijodiy foydalanish kompetensiyasiga ega kadrlarni tayyorlash samaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish