Turdaliev Eldor Sho‘xratjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligida salbiy farq summalarini qoplash tartibini takomillashtirish masalalari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt 5080
Ilmiy rahbar: Bozorov Akmal Amanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019. I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi – qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligida salbiy farq summalarini qoplab berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarishga doir soliq hisobotini taqdim etish tartibini soliq to‘lovchi soliq organlariga hisobot davrida hosil bo‘lgan salbiy farq summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) uchun murojaat qilish taomilini kiritish orqali takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
eksport qilinadigan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasidagi bank hisobvarag‘iga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’iy nazar hisobga olish tartibini joriy etish taklifi asoslangan;
yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi ma’murchiligidagi korxonalarga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyatini beruvchi tartibni joriy etish taklifi asoslangan;
tadbirkorlik sub’ektlarining eksport operatsiyalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qoplashda soliq to‘lovchilardan bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos sifatida qabul qilish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligida salbiy farq summalarini qoplash tartibini takomillashtirish masalalari bo‘yicha tadqiqot natijalari davomida ishlab chiqilgan uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarishga doir soliq hisobotini taqdim etish tartibini soliq to‘lovchi soliq organlariga hisobot davrida hosil bo‘lgan salbiy farq summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) uchun murojaat qilish taomilini kiritish orqali takomillashtirish taklifi asosida O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-812-sonli Qonuni bilan Soliq kodeksining 274-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, tasdiqlandi va amaliyotga joriy etilgan (Soliq qo‘mitasining 2024 yil 28 oktyabrdagi 16/1-109813-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq to‘lovchilar uchun ortiqcha vaqt va ovoragarchilik holatlarining oldi olinib, bir elektron xizmatdan boshqa elektron xizmatga kirib ariza berish holatlarining kamayishiga olib kelgan;
eksport qilinadigan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasidagi bank hisobvarag‘iga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’i nazar hisobga olish tartibini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 avgustdagi 5231-sonli qarorida o‘z aksini topib, amaliyotga joriy etilgan (Soliq qo‘mitasining 2024 yil 28 oktyabrdagi 16/1-109813-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlar uchun aniq va tushunarli norma belgilab, aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish imkonini yaratgan;
yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi ma’murchiligidagi korxonalarga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyatini beruvchi tartibni joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 dekabrdagi PQ-471-sonli qarori bilan amalga kiritilgan (Soliq qo‘mitasining 2024 yil 28 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yirik soliq to‘lovchilar uchun qo‘shimcha soliq bazalarini shakllantirish imkoniyatini yaratib, byudjet tushumlarini oshirishga xizmat qilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarining eksport operatsiyalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qoplashda soliq to‘lovchilardan bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos sifatida qabul qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 avgustdagi PF-132-sonli Farmonida tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan (Soliq qo‘mitasining 2024 yil 28 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida QQS to‘lovchilardan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi bekor qilinib, eksport qilingan tovarlar bo‘yicha byudjetdan QQS qaytarish jarayoni engillashtirilgan.