Abdurasulov Sherzamin Xayitbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Sanoat transporti tortuv agregatlari rama konstruksiyalarining qoldiq resursini baholash, 05.08.05 – “Temir yo’llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: № B2024.3.PhD/T4954
 Ilmiy rahbar: Zayniddinov Nuriddin Savranbek o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Oganyan Eduard Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor; Xromova Galina Alekseevna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti
II. Tadqiqotning maqsadi: tog‘-kon sanoati tortuv agregatlarining resursidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida ularning rama konstruksiyalari qoldiq resursini baholash va xizmat muddatini uzaytirish imkoniyatini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tortuv agregatlarining ishlash sharoitlari, foydalanish intensivligi, rama konstruksiyalarining joriy texnik holati va ishlash rejimlaridagi ta’sir etuvchi yuklamalarni inobatga olgan holda qoldiq resursini baholash algoritmi ishlab chiqilgan;
ilk bor tortuv agregatlari rama konstruksiyalarining me’yoriy va ekspluatatsion yuklamalar ostida kuchlangan-deformatsiyalangan holatini baholash imkonini beruvchi chekli elementli hisobiy modellari ishlab chiqilgan;
tortuv agregatlari rama konstruksiyalarining qoldiq resursini baholash uslubiyoti ularning ishlash sharoitlari, foydalanish intensivligi, rama konstruksiyalarining joriy texnik holati va ishlash rejimlaridagi ta’sir etuvchi yuklamalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
ilk bor tortuv agregatlaridan sanoat korxonasida foydalanish sharoitlari hamda intensivligi, rama konstruksiyalarining joriy texnik holati, materiallarining mexanik xususiyatlarini o‘zgarishi va ishlash sharoitida hisoblangan kuchlangan-deformatsiyalangan holatini inobatga olgan holda qoldiq resursi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xizmat muddati tugagan PE2M(U) turidagi tortuv agregatlari rama konstruksiyalarining qoldiq resursini baholash va xizmat muddatini uzaytirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
tortuv agregati rama konstruksiyalarining chekli elementli hisobiy modellari asosida ishlab chiqilgan mustahkamlikka hisoblash uslubiyati “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” AJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2025-yil 21-apreldagi 4/E563-sonli ma’lumotnomasi). Natijada rama konstruksiyalarining yuklanganligi yuqori joylari real ekspluatatsion holatlarda aniqlangan;
tortuv agregati rama konstruksiyalarining qoldiq resursini baholash uslubiyati “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” AJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2025-yil 21-apreldagi 4/E563-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tortuv agregatlarining xizmat muddatini 50 yilgacha uzaytirish imkoniyati ilmiy asoslangan;
bajarilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalari asosida ishlab chiqilgan normativ-texnik hamda konstruktorlik hujjatlari “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” AJda “O‘zbekko‘mir” AJga tegishli PE2U-026, PE2U-029, PE2U-008 tortuv agregatlarining  xizmat muddatini uzaytirishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2025-yil 21-apreldagi 4/E563-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bitta tortuv agregati uchun kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 1 924 000 000 (bir milliard to‘qqiz yuz yigirma to‘rt million) so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish