Nazarov Baxodir Abdusamatovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): 
“Umum ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini dasturiy vositalar asosida o‘qitish metodikasi (5-sinf informatika va axborot texnologiyalari fani misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7097
Ilmiy rahbar: Lutfullaev Maxmud Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqnd davlat chet tillar instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.26/27.02.2020.T.109.01. raqamli ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Kayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;  Begbutaev A’zam Eshpulatovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini dasturiy vositalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
An’anaviy va noan’anaviy o‘qitish metodikasini taqqoslash asosida pedagogik innovatsiya, polimodallik (multimedia) tamoyili, kabi texnologik jarayonlarni vizual modellashtirishdan foydalanib Coursera, AI Learning Paths, Duolingo AI kabi sun’iy  intellektning  adaptiv mashqlari orqali 5-sinf “Informatika va AT”  fanidan darslikdagi mavzular bo‘yicha KIMning tuzulmasi ishlab chiqilgan;
sun’iy intellektning Grammarly AI, Turnitin AI Feedbask, ES e-rater, kompyuter ko‘rish (Somputer Vision) va o‘quvchilarga qaysi darslar yoki videolarni lozimligini tavsiya qila oladigan (Udemy Resommendation AI, YouTube Edusation Resommend), rasm va videolar orqali tahlil qilish kabi modellardan foydalanib dasturiy vositalar yordamida vizuallashtirish asosida 5-sinf “Informatika va AT” fanini o‘qitishni metodikasi takomillashtirilgan;
    Kompyuter imitatsion modellar asosida o‘qitishga yo‘naltirilgan metodik model ishlab chiqilgan. Ushbu modelda intellektual Tuyutor tizimlari (Intelligent Tutoring Systems – IS) o‘quvchining darajasini tahlil qilib, unga individual dars, mashq va tushuntirish berishi kabi ta’limga yo‘naltirilgan, har bir o‘quvchiga alohida yondashuv asosida bilim darajasiga qarab dars mazmunini o‘zgartirib borishi kabi generativ modellar (GPT, Slaude, Gemini) integratsiyasi asosida 5-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari”  fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirilgan.
ta’lim jarayonida dasturiy vositalar asosida vizuallashtirish yo‘nalishida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari Gnostik-Evristik o‘qitish usullari, audiovizual o‘qitish qo‘llanmalari, o‘qituvchining didaktik tizimlari Adobe Animate, Adobe Creative, Cloud bilan to‘liq integratsiyalangan texnologiyalar asosida informatika faniga oid mavzularni o‘zlashtirish darajasining samaradorligi aniqlashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. An’anaviy va noan’anaviy o‘qitish metodikasini taqqoslash asosida pedagogik innovatsiya, polimodallik (multimedia) tamoyili, kabi texnologik jarayonlarni vizual modellashtirishdan foydalanib Coursera, AI Learning Paths, Duolingo AI kabi sun’iy  intellektning  adaptiv mashqlari orqali 5-sinf “Informatika va AT”  fanidan darslikdagi mavzular bo‘yicha KIMning tuzulmasi ishlab chiqishga doir ma’lumotlardan Samarqand davlat chet tillar institutining “I-2016-4-15 Kutubxona resurslaridan mobil aloqa asosida tarmoqdan foydalanishning dasturiy ta’minotini yaratish va tatbiq etish (oliy ta’lim muassasalari misolida)” (2016-2018 y.y.) mavzusidagi grant loyihasining “Elektron darsliklar kutubxonasini yaratish” qismini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 24-yanvardagi 121/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishni tashkil qilishning dasturiy vositalar asosida vizuallashtirish texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;  
- sun’iy intellektning Grammarly AI, Turnitin AI Feedbask, ES e-rater, kompyuter ko‘rish (Somputer Vision) va o‘quvchilarga qaysi darslar yoki videolarni tavsiya qila oladigan (Udemy Resommendation AI, YouTube Edusation Resommend), rasm va videolar orqali tahlil qilish kabi modellardan foydalanib dasturiy vositalar yordamida vizuallashtirish asosida 5-sinf “Informatika va AT” fanini o‘qitishni metodikasi takomillashtirilshga oid ma’lumotlardan Samarqand davlat chet tillar institutining “OT–Atex-2018-519 Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Veb - ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” (2018-2020 y.y.) mavzusidagi grant loyihasining “Multimedia ishlanmalar asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish” qismini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 24-yanvardagi 121/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning “Informatika va axborot texnologiyalari” fani mavzulariga oid bilimlari rivojlanttirilgan;   
- ta’lim jarayonida dasturiy vositalar asosida vizuallashtirish yo‘nalishida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari Gnostik-Evristik o‘qitish usullari, audiovizual o‘qitish qo‘llanmalari, o‘qituvchining didaktik tizimlari Adobe Animate, Adobe Creative, Cloud bilan to‘liq integratsiyalangan texnologiyalar asosida informatika faniga oid mavzularni o‘zlashtirish darajasining samaradorligi aniqlashtirilgan doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Kompyuter injineringi, AT-servis, multimedia texnologiyalari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Axborot texnologiyalarini dasturiy vositalar asosida o‘qitish” nomli o‘quv qo‘llanmasini foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-sonli buyrug‘i bilan 277-437 raqamli o‘quv adabiyotining nashir ruxsatnomasi). Natijada, oliy ta’lim tizimida “Axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha o‘quvchilarning takomillashtirish metodikasidan foydalanish ko‘nikmalari rivojlantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish