Tojiboev Akmalxon Abduraxmanovichning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Naysimon suyaklarning gigant hujayrali o‘smalarini kompleks kaminvaziv davolashni takomillashtirish», 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib659.
Ilmiy rahbar: Gafur-Axunov Mirza-Ali Aliyorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04.12.2018.Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupbekov Abrorbek Axmadjanovich, tibbiyot fanlari doktori; Xo‘janazarov Ilhom Eshqulovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «N.N.Bloxin nomidagi onkologiya Milliy tibbiy tadqiqot markazi»federal davlat byudjet muassasasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xirurgik davolashning kaminvaziv usullarini qo‘llash yo‘li bilan naysimon suyaklarning gigant hujayrali o‘smalarini davolash natijalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
naysimon suyaklarning gigant hujayrali o‘smalarini operativ davolashda kriota’sir va sementoplastikaning samaradorligi aniqlangan;
naysimon suyaklarning gigant hujayrali o‘smalarida kompleks tekshirish natijasida jarrohlik amaliyotini rejalashtirish va amalga oshirish mezonlari ishlab chiqildi, tekshirish usullarining naysimon suyaklarning kortikal kavatining holati, suyak ko‘migi va yumshoq to‘qimaning zararlanishi hamda davolash taktikasini belgilashdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
naysimon suyaklarning gigant hujayrali o‘smalarida a’zosaqlovchi suyak-plastik amaliyotlarida suyak autoplastikasi, sementoplastika va kriota’sirdan so‘ng o‘smaning residivlashuvini yuzaga kelish sabablari qiyosiy baholangan;
kriota’sir va sementoplastikani qo‘llash bilan naysimon suyaklarning gigant hujayrali o‘smalarini operativ davolashning kaminvaziv usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Naysimon suyaklarning gigant hujayrali o‘smalarini kompleks kaminvaziv davolashni takomillashtirishga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Naysimon suyaklarning gigant hujayrali o‘smalarida kaminvaziv davolash usullarini qo‘llash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 5 iyundagi 8n-r/161-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan uslubiy tavsiyanomada sementoplastika va kriota’sirdan foydalangan holda kaminvaziv suyak-plastik amaliyot usullari texnikasi va imkoniyatlari keltirilgan;
naysimon suyaklarning gigant hujayrali o‘smalarini kompleks kaminvaziv davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali bo‘limlari amaliy faoliyatiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 14 dekabrdagi 8n-d/274-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tadqiqot natijalari asosida naysimon suyaklarning gigant hujayrali o‘smalarini xirurgik davolash usullarini takomillashtirish bemorlarga ixtisoslashgan yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish doirasini kengaytirish imkonini bergan.