Qo‘ldoshev Davronbek Abdullajonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta terish mashinasining ish unumi va agrotexnik ko‘rsatkichlarini baholash modellarini takomillashtirish», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T376.

Ilmiy rahbar: Rizaev Anvar Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mexanika va inshootlar seysmik mustaxkamligi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.01.

Rasmiy opponentlar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor; Sadriddinov Azmiddin Sadriddinovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash davlat markazi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: paxta terishmashinalarini mukammal loyihalash, yasash va sinash samaradorligini oshirish uchun ularning ish unumi va agrotexnik ko‘rsatkichlarini baholashning takomillashtirilgan modellarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

paxta terish mashinasi ish unumini baholashning takomillashtirilgan modeli mashina parametrlari, agrotexnik ko‘rsatkichlari va ishlash davridagi smenaviy vaqt balansini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;

paxta terish mashinasining terim to‘liqligini baholash modeli shpindel sirtini g‘o‘za barglari, shoxlari va ko‘saklari bilan to‘sib qolinishining umumlashgan koeffisienti hamda erga to‘kilgan paxtaning hosildorlikka nisbatan ulushini hisobga olgan holda yaratilgan;

mashinada terilgan paxtaning ifloslanganlik darajasini baholash usuli xomashyo iflosligining morfologik tarkibi, mashina parametrlari hamda bunkerga tushayotgan paxtaning qisman tozalanishi kabi faktorlarni o‘z ichiga olgan holda ishlab chiqilgan; 

paxta terish mashinasini agrotexnik ko‘rsatkichlarini baholashda ochilgan paxta, ko‘sak, g‘o‘za shoxlari va barglarini shpindelga tegish yuzasini aniqlash uchun takomillashtirilgan moslama ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Paxta terishmashinasining ish unumi va agrotexnik ko‘rsatkichlarini oldindan baholash modellarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

paxta terish mashinalarining ish unumini aniqlash modeli O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 1 yanvardagi 02/023-26-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi paxta terish mashinalarini sinovdan o‘tkazish jarayonida ularning ish ko‘rsatkichlarini aniqlashda mehnat sarfi 20,4 foizga, ekspluatatsiya xarajatlari esa 31,6 foizga kamaytirish imkonini bergan;

paxta terish mashinalarining agrotexnik ko‘rsatkichlarini baholash usullari va vositalari «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 1 yanvardagi 02/023-26-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta terish mashinalarini loyihalash muddatlarini 1-1,5 martaga, ularni tayyorlashga ketadigan sarf xarajatlarini 10-12 foizga kamaytirishga erishilgan;

paxta terish mashinalarining ish unumi va agrotexnik ko‘rsatkichlarini aniqlashning takomillashtirilgan modeli va vositasi O‘zbekiston qishloq xo‘jalik texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash davlat markazida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 1 yanvardagi 02/023-26-son ma’lumotnomasi). Natijada bitta MX-2,4 paxta terish mashinasini sinash uchun sarflanadigan xarajatlarni 33,2 foizga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish