G‘aybullaev Burxonjon Shermatjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «TTZ-100SP sabzavotchilik traktori uchun plug parametrlarini asoslash», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T375.
Ilmiy rahbar: Bayboboev Nabijon Gulomovich, texnika fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Farmon Murtazovich, texnika fanlari doktori, professor; Do‘squlov Abdusattor Axadovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sabzavot ekinlari etishtiriladigan dalalargaasosiy ishlov berish uchun TTZ-100SP sabzavotchilik traktori uchun aylanma plugning agrotexnika talablari darajasidagi ish sifatini kam energiya sarflagan holda ta’minlaydigan parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
TTZ-100SP sabzavotchilik traktori uchun aylanma plugning konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan;
plug korpusining parametrlari tuproq xossalari, uning uvalanish darajasi belgilangan me’yordan kam bo‘lmasligi, o‘simlik qoldiqlari chuqur va to‘liq ko‘milishi hamda plugning tortishga qarshiligi minimal bo‘lishini hisobga olgan holda aniqlangan;
plug tayanch tekisligidan osish qurilmasining pastki taqish nuqtalarigacha bo‘lgan tik masofa uning ishlov berish chuqurligi bo‘yicha barqaror harakatlanishini hisobga olgan holda asoslangan;
plugning maqbul parametrlari uning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
TTZ-100SP sabzavotchilik traktori uchun plug parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
klirensi yuqori sabzavotchilik traktori uchun ishlab chiqilgan plug Yangiyo‘l tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 iyundagi 02/023-172-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqning uvalanish darajasini
10,6 foizga, o‘simlik qoldiqlarining ko‘milish to‘liqligini 11,2 foizga va ish unumini 1,14-1,18 martaga oshirishga erishilgan;
sabzavot ekinlari etishtirishda va ulardan bo‘shagan erlarni tekis shudgorlash uchun ishlab chiqilgan aylanma plug Quyichirchiq tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 iyundagi 02/023-172-son ma’lumotnomasi). Natijada dalalarni shudgorlashda mavjud texnika vositalariga nisbatan yonilg‘i sarfini 29 foizgacha va foydalanishdagi xarajatlarni 19,4 foizgacha kamaytirish imkoni yaratilgan;
sabzavotchilik traktori uchun aylanma plug ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 iyundagi 02/023-172-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori klirensli TTZ-100SP sabzavotchilik traktori uchun aylanma plugni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.