Shodmonov Javoxir Abduhamid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): Elektrodinamik kuchlar ta’sirida qobiq shaklidagi tok tashuvchi elementning magnitoelastik deformatsiyalanish jarayonini matematik modellashtirish, 05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3884. 
Ilmiy rahbar: Indiaminov Ravshan Shukurovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamadiev Abdivali Shukurovich - fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Safarov Shohruh Sharofovich - texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yupqa qobiq shaklidagi tok o‘tkazuvchan mikroelementning nostatsionar magnit va mexanik kuchlar ta’sirida termomagnitoelastik deformatsiyalanishi jarayonini matematik modellashtirish, sonli algoritmlar va dasturiy majmuani ishlab chiqishga bag‘ishlangan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yupqa qobiq shaklidagi tok o‘tkazuvchan mikroelementning termomagnitoelastik deformatsiyalanishi jarayoni mexanik, issiqlik va elektromagnit maydonlarning birgalikdagi murakkab o‘zaro ta’sirlarini hisobga olgan holda matematik modellashtirilgan;
o‘zgaruvchan mexanik va elektrodinamik kuchlar ta’sirida bo‘lgan yupqa qobiq shaklidagi tok o‘tkazuvchan mikroelementning termomagnitoelastikligi ikki o‘lchamli modeli ishlab chiqilgan;
ferromagnit bo‘lmagan yupqa qobiq shaklidagi tok o‘tkazuvchan mikroelementning termomagnitoelastikligi bog‘liqli masalalarini sonli echish uchun hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan hamda kuchlanganlik-deformatsiya holati va termomagnitomexanik effektlar tahlil qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan mexanik va elektrotermomagnit kuchlar ta’sirida bo‘lgan noferromagnit yupqa qobiq shaklidagi tok o‘tkazuvchan mikroelementlarning termomagnitoelastik deformatsiyalanishi jarayonlarini tadqiq qilish uchun ishlab chiqilgan matematik modellar, sonli algoritmlar va dasturiy vositalar asosida: 
elektromagnitik moslashishni e’tiborga olgan holda, vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan mexanik va elektrotermomagnit kuchlar ta’sirida bo‘lgan yupqa qobiq shaklidagi tok o‘tkazuvchan mikroelementga elektromagnit maydonining ta’sirini baholash uchun Samarqand viloyati «Elektromagnit moslashuv xizmati» ga qarashli bo‘lgan o‘lchash moslamalarida qo‘llaniladigan elektr o‘tkazuvchi yupqa konstruktiv mikroelementlariga tadbiq qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 23.04.2024-yil №33-8/2621-son ma’lumotnomasi). 
Natijada vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan hajmiy elektrodinamik kuchlar ta’sirida bo‘lgan yupqa qobiq ko‘rinishidagi mikroelementning termomagnitomexanik ko‘rsatgichlari uchun ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida qobiqning mustahkamligi 8-10% ga oshirilishiga erishilgan, ishlab chiqilgan matematik va dasturiy ta’minot muhandislik hisoblarini o‘tkazishga ketadigan vaqt va mehnat sarfini 8-9% ga kamaytirish imkoniyatini bergan; 
elektr o‘tkazuvchan yupqa mikroqobiq ko‘rinishidagi konstruktiv mikroelementlarga vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi mexanik, issiqlik va elektromagnit maydonlarning birgalikdagi murakkab o‘zaro ta’sirlarini aniqlash va ularda yuzaga keladigan termomagnitomexanik effektlarini o‘rganishni maqsad qilib «AlNet» Shuba Korxonasi soha ish faoliyatida qo‘llaniladigan stansion va tashqi router, kommutatorlarning ikkilangan elektr manbai moslamalarida ishlatiladigan diod va tranzistorlari tarkibidagi elementlarga tadbiq qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 23.04.2024-yil №33-8/2621-son ma’lumotnomasi).
Natijada vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi elektrodinamik kuchlar ta’sirida bo‘lgan yupqa qobiq ko‘rinishidagi tok tashuvchi yupqa elementning geometrik, mexanik va elektromagnit parametrlari (jumladan: qalinligi, qobiq materiali, tashqi magnit maydoni induksiyasi qiymatlari, tashqi begona tokning yo‘nalishi va zichligi, Lorens kuchi yo‘nalishi va qiymatlari) uchun ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida qurilmalarda ishlatiladigan diod va tranzistorlarning hamda radiatorlarnig hajmlarini qisqartirishga, shuningdek, qobiq shaklidagi tok tashuvchi yupqa elementning mustahkamligi holati 8-10 % ga orttirilishiga erishilgan, tashqi begona tokining zichligi miqdorini va yo‘nalishini tanlagan holda, vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi elektrodinamik kuchlar ta’sirida yupqa qobiq egilishini minimallashtirishga erishish mumkinligini baholashdagi ish unumdorligini 6-7% ga oshirishga imkon bergan; 
vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi elektrodinamik kuchlar ta’sirida yupqa qobiq shaklidagi tok o‘tkazuvchan mikroelementning termal, magnit va elastik deformatsiya xususiyatlarini birgalikda tahlil qilish uchun “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniya markazi” DUK Samarqand radioteleuzatish markaziga qarashli radioteleuzatish stansiyalarida o‘rnatilgan analog va raqamli teleuzatkichlarning yupqa konstruktiv mikroelementlariga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 23.04.2024-yil №33-8/2621-son ma’lumotnomasi). 
Natija sifatida tayyorlangan tavsiyalar asosida vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan elektromagnit maydon ta’sirida yupqa elektr o‘tkazuvchi qobiq ko‘rinishidagi mikroelementning mustahkamligini 8-14 % darajada oshirilishi, uning egilishini kamaytirishga erishish maqsadida ishlab chiqilgan matematik va dasturiy ta’minot muhandislik hisoblarini o‘tkazishga ketadigan vaqt va mehnat sarfini 6-8 % ga qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish