Turdaliev Jamolbek Mo‘minalievichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona viloyati sug‘oriladigan tuproqlari va ularning ekologik-meliorativ holatini baholash», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/V50.

Ilmiy rahbar: Axmedov Almon Usmonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.

Rasmiy opponentlar: Yuldashev G‘ulom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Namozov Xushvaqt Qoraxonovich, biologiya fanlari nomzodi, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona viloyati sug‘oriladigan tuproqlarining asosiy xossalari, sho‘rlanish darajasi, ekologik-meliorativ holatini baholash va ularni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmuasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sho‘rlangan tuproqlarni shakllanishidagi geokimyoviy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;

sho‘rlanish-sho‘rsizlanish jarayonlarining intensivlik darajasi, tuproq qatlamlaridagi umumiy va zaharli tuzlar zahirasi, sizot suvlarining parametrlari aniqlangan;

sug‘oriladigan tuproqlarni ustki 0-1 metrlik qatlami sho‘rlanganlik darajasi va ekologik-meliorativ holatini baholash klassifikatsiyasi takomillashtirilgan;

tuproq va suvlardagi umumiy va zaharli tuzlar miqdorini hisoblash va ular sifat tarkibini aniqlash dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Farg‘ona viloyati sug‘oriladigan tuproqlarining sho‘rlanganlik darajasi va ekologik-meliorativ holatini baholash hamda ularni yaxshilash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Furqat tumani «Do‘stlik» massivi uchun tuzilgan «Zaharli tuzlar zahirasi» kartogrammasi massivning 1668,0 gektar sug‘oriladigan maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri, davlat qo‘mitasining 2018 yil 10 dekabrdagi 03-05-9450-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘oriladigan erlarning ustki 0-1 metrlik qatlamining tuproq-meliorativ holatini baholash hamda tuproq xossa-xususiyatlarini va meliorativ holatini yaxshilash imkonini bergan;

tuproq va suvlardagi umumiy, zaharli va zaharsiz tuzlar miqdorini hisoblash va ularning sifat tarkibini aniqlash dasturiy ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 10 dekabrdagi 03-05-9450-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproq monitoringini yuritish ishlarini muayyan darajada avtomatlashtirish hamda sarf etilayotgan ortiqcha mehnat va mablag‘larni tejash imkonini bergan;

«Sug‘oriladigan tuproqlar ustki 0-1 metrlik qatlami sho‘rlanganlik darajasi va ekologik-meliorativ holatini baholash» bo‘yicha takomillashtirilgan klassifikatsiyasi Farg‘ona viloyati sug‘oriladigan erlarini ekologik-meliorativ baholashda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 10 dekabrdagi 03-05-9450-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatning sug‘oriladigan erlarining sho‘rlanganlik darajasi, tuzlar zaxirasining miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash va ular orqali sho‘r yuvish me’yorlari, muddatlari va sonini to‘g‘ri belgilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish