Muyassarova Rayhona Ikrom qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Boshqariladigan gidrofil-gidrofob tabiatli kremnezem kompozisiyalarining fizik-kimyoviy xossalari”, 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/K828.
Ilmiy rahbar: Akbarov Hamdam Ikromovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zimuradov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshov Sherzod Abdullaevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: boshqariladigan gidrofil-gidrofob tabiatli kremnezem kompozisiyalarining fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keng harorat oralig‘ida (25 dan 800 ° C gacha) barqaror, fizik-kimyoviy xususiyatlari yaxshilangan, ma’lum bir gidrofil-gidrofob sirt yuzasi bilan ZnO/SiO₂ kompozitlari sintez qilingan;
ZnO/SiO₂ gibrid kompoziti sintezida prekursorlarning tabiatini o‘zgartirish (TEOS/MTMS) olingan kompozisiyalarning sirt morfologiyasi va g‘ovaklar o‘lchamini (1,8 dan 7,3 nm gacha) maqsadli nazorat qilish imkonini berishi hamda bu ularning sorbsiya sig‘imi (suv bug‘lari uchun 4,3 mol/kg gacha) va fotokatalitik xossalariga (quyosh nuri ta’sirida MK ning parchalanishi 96 % gacha) bevosita ta’sir qilishi aniqlangan;
ZnO/SiO₂ gibrid kompoziti fotokatalitik faolligining kremniy matrisasi yuzasining gidrofoblanish darajasiga bog‘liqligi turli xil nurlanishlar UB, ko‘rinadigan hamda quyosh nurlari ta’sirida metilen ko‘ki organik bo‘yog‘ining parchalanish jarayonlarini batafsil kinetik tahlil qilingan va quyosh nuri ta’sirida MK organik bo‘yog‘ini bir soat davomida 96 % gacha parchalashi tasdiqlangan;
ZnO/SiO₂ gibrid kompoziti ishtirokidagi fotokatalitik destruksiya jarayonlari psevdo-birinchi kinetik modelga mos tushishi korrelyasiya koefisientining R2-0,9966 gacha ekanligi va fotodestruksiyaning yuqori ko‘rsatkichi bilan isbotlangan;
ZnO/SiO₂ gibrid kompozitiga MK organik bo‘yog‘ining sorbsiya termodinamik parametrlari: ΔH°=+12,15 kJ/mol gacha; ΔG° -3,77 dan -1,48 kJ/mol gacha ekanligi aniqlanib, bo‘yoqning turli tabiatdagi kompozitlarning faol markazlari bilan ta’sir mexanizmlari tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sintezlangan kremnezem materiallari va ularning rux oksidi bilan kompozisiyalarining tuzilishi, fazaviy tarkibi, morfologiyasi va teksturaviy xususiyatlarini sintez qilish va har tomonlama tahlil qilish asosida:
ZnO/SiO2 kompoziti “Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” markaziy kimyo laboratoriyasida “2026-2027-yillarda amalga oshirish uchun istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi 2025 yil 2 oktyabrdagi OP 02-son malumotnomasi, ED-3448). Natijada tabiiy gazni H₂S dan <1 ppm konsentratsiyasigacha tozalash imkonini bergan;
ZnO/SiO2 kompozisiyasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Markaziy ilmiy laboratoriyasida “2026-2027-yillarda amalga oshirish uchun istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ Markaziy ilmiy laboratoriyasida 2025 yil 8 oktyabrdagi № 02-07/027/10451 son ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy gazni H₂S dan 99,0 % gacha tozalash imkonini bergan.