Usmonova Xurshida Xolboy qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Polielektrolitlar orasida kuzatiladigan uzoq tartibdagi ta’sirlashuvga asoslangan inter polimer tizimlar”, 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K774.
Ilmiy rahbar: Muxamediev Muxtarjan Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Qutlimurodov Nurbek Matkarimovich, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polielektrolitlar orasida kuzatiladigan uzoq tartibdagi ta’sirlashuvga asoslangan inter polimer tizimlarni olinishi va qo‘llanilishini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzoq tartibdagi ta’sirlashuvga asoslangan inter polimer tizimning yakka holdagi ionitlarga qaraganda sorbsion hossasi yuqoriroq ekanligi aniqlangan.   Buning sababi yaratilgan yangi tizimning elektr o‘tkazuvchanligi yuqoriroq ekanligi, ionit tarkibidagi OH- va kationit tarkibidagi H+ bilan H2O molekulalarini hosil qilishi va buning natijasida ionitlar tarkibidagi zaryadlangan guruhlar sonining ko‘payishi bilan tushuntirilgan.
ionitlar va interpolimer tizimga mis kationi va rodanid anionlari adsorbsiyasining kinetikasi psevdo-ikkinchi tartibli kinetik modelga mos ekanligi aniqlangan, bu esa reaksiya tezligiga eritmadagi mis, rodanid ionlari konsentratsiyasidan tashqari polimer tarkibidagi funksional guruhlar konsentratsiyasi ham ta’sir etganligi bilan asoslangan;
yakka holdagi ionitlarga hamda interpolimer tizimga mis kationi va rodanid anionini adsorbsiya izotermalarining borishi barcha ion almashinuvchi tizimlar uchun Lengmyur modeliga mos kelishi aniqlangan;
funksional polimerlar asosida olingan yangi interpolimer tizimning fizik-kimyoviy xossalari va ushbu tizimga mis, rodanid ionlarini dinamik almashinuv sig‘imi mis ionlari uchun DAS=139.7 mg/g, rodanid ionlari uchun DAS=142.9 mg/g ekanligi va KU-2-8-AN-31 tarkibli inter polimer sistemaga dinamik sharoitda ionlarning sorbsiya-desorbsiyasi unumi jarayon 10 marotaba qayta takrorlanganda ham 97% dan kam emasligi va ularning  aniqlangan; 
inter polimer tizimlardagi sorbsion jarayon anionlar uchun faqat tizim tarkibidagi anionit hisobiga, kationlar uchun sorbsion jarayon ham kationit ham anionit hisobiga borishi aniqlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat ionitlari yordamida uzoq tartibli ta’sirlashuvga asoslanga yangi interpolimer tizimning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat ionitlari asosida interpolimer tizimlarga asoslangan oqava suvlarni tozalash qurilmasi yaratilgan hamda yaratilgan qurulma “MAXAM-ChIRChIQ” AJ dan chiqayotgan oqava suvlarni Cu2+ ionlaridan tozalash uchun joriy qilingan (“MAXAM-ChIRChIQ” AJ ning 2025-yil 21-maydagi № 30-2/34-son ma’lumotnomasi). Natijada kombinat chiqindi suvida mavjud boʻlgan mis ionlarining miqdori 7.8 mg/l dan 0.2 mg/l gacha kamayganligi aniqlangan;
sanoat ionitlari asosida interpolimer tizimlarga asoslangan oqava suvlarni tozalash qurilmasi yaratilgan hamda yaratilgan qurulma “MAXAM-ChIRChIQ” AJ dan chiqayotgan oqava suvlarni SCN- ionlaridan tozalash uchun joriy qilingan (“MAXAM-ChIRChIQ” AJ ning 2025-yil 21-maydagi № 30-2/35-son ma’lumotnomasi). Natijada oqava suvi tarkibida rodanid ionlari konsetratsiyasi dastlabki 5 mg/l dan 0,05 mg/l gacha kamayganligi aniqlandi. Bu esa korxonadan chiqayotgan oqava suvlarni tozaligi tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi talablariga mos kelishini bildiradi va tashqi muhit ekologiyasiga salbiy ta’sir qilmasligiga xizmat qiladi hamda ijtimoy-iqtisodiy samara bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish