Rajabov Xudayor Madrimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Organik kimyoni o‘qitishning konseptual-tarixiy aspektlari (Oliy ta’lim muassasalarining kimyo ta’lim yo‘nalishi misolida)», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped386.
Ilmiy rahbar: Omonov Hojiqul Tovboevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.20.02.
Rasmiy opponentlar: Qaypbergenov Atabek Tulepbergenovich, texnika fanlari doktori; Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: organik kimyo fanini o‘qitishning konseptual-tarixiy aspektlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
organik kimyo fanini o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari jahon kimyo tarixi va O‘zbekiston kimyo olami taraqqiyotiga mushtarak holda zamonaviy tendensiyalarga muvofiq tarixiylik tamoyiliga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quv materiallarini tarixiylik tamoyiliga binoan fanning rivojlanish kontekstida olimlarning kashfiyotlarini konseptual aspektlar asosida o‘quv kursining mavzulari mazmuniga singdirish va ta’lim jarayoniga tadbiq etishning tashkiliy strukturasi takomillashtirilgan;
talabalarning mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini oshirish mexanizmi tarixiy manbalarni zamonaviy texnologiyalar vositasida loyihalashtirish orqali ta’limiy motivatsiya, kasbiy kompetentlik va ilmiy tafakkurni rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qiladigan bilim, axborotlarni taqdim etish vocitalari, ucullarini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Organik kimyoni o‘qitishning konseptual-tarixiy aspektlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida organik kimyo fanini o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari jahon kimyo tarixi va O‘zbekiston kimyo olami taraqqiyotiga mushtarak holda zamonaviy tendensiyalarga muvofiq tarixiylik tamoyiliga ustuvorlik berish, fanning rivojlanish konteksti olimlarning kashfiyotlarini konseptual aspektlari asosida tarkiblashtirish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalardan «Uchebnie kompetensii i infrastruktura dlya e-Learning i perepodgotovki» (2010-2013 yy.) nomli loyihasi doirasida bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish tuzulmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 fevraldagi 89-03-838-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kimyo fanini o‘qitishning konseptual aspektlari tarixiylik tamoyili asosida axborotlarni taqdim etish vocitalarini ta’minlagan holda samarali foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan;
talabalarning mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini oshirish mexanizmi tarixiy manbalarni zamonaviy texnologiyalar vositasida loyihalashtirish orqali ta’limiy motivatsiya, kasbiy kompetentlik va ilmiy tafakkurni rivojlantirish asosida o‘quv-metodik ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 fevraldagi 89-03-838-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda tarixiy materiallar asosida ta’lim jarayonini tashkil etishning metodik imkoniyatlari ortgan;
bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini tarkib toptirishga xizmat qiladigan bilim, axborotlarni taqdim etish vocitalari va ucullarini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan, ularning gnostik, metodik, individual va guruhiy, shuningdek ommaviy axborot berish kabi funksiyalari organik kimyo tarixini o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 fevraldagi 89-03-838-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tavsiyalar organik kimyo fanidan tarixiylik tamoyili asosida o‘quv materiallar mazmunini boyitishga va metodik jihatdan takomillashtirishga, talabalarni kasbiy-metodik tayyorgarligini orttirishga xizmat qilgan.