Najmiddinova Yoqutxon Ruxiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kollej o‘quvchilarida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped688.
Ilmiy rahbar: Xodjabaev Anorboy Rustamovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Turaqulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jaligi kasb-hunarkollejlari o‘quvchilarida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak gidromeliorativ mashina va jihozlari texnik-mexanigi kasbiy faoliyatining tashkiliy-tuzilmasi(gnoseologik, aksiologik, amaliyotga yo‘nalganlik, innovatsion, axborot-kommunikativ) va kasbiy kompetensiyalari mazmuni(motivatsion, kognitiv, faoliyatli) “DAKUM” metodi asosida takomillashtirilgan;
kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv mashqlari va amaliy testlarni bajarishda vizuallashtirilgan indivudual ishlab chiqarish ta’limini loyihalash orqali “Excavator-Stimulator” o‘quv trenajyoridan foydalanishning tashkiliy didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
o‘quv jarayonini pedagogik loyihalashda bo‘lajak texnik-mexaniklar malaka talablaridan nazariya va amaliyot birligi tamoyili hamda kasbiy faoliyatning mazmuniy ko‘rsatkichlarini sintezlash orqali dasturlashtirilgan kompyuterli tizim vositasida kasbiy ta’limning takomillashtirilgan o‘quv-metodik ta’minoti ishlab chiqilgan;
kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishning me’yoriy-mazmuniy (o‘quv-kasbiy faoliyati), protsessual (metodik va texnologik jarayonlar) va natijaviy-baholash (amalda qo‘llash, tahlil qilish va tuzatish) komponentlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida integratsiyalash natijasida bo‘lajak texnik-mexaniklarning kasbiy kompetentligini baholash mezonlari (motivatsion, o‘quv-bilish, faoliyatli) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kollej o‘quvchilarida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘quvchilarda zamonaviy gidromeliorativ mashina va jihozlaridan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan individual ishlab chiqarish ta’limi jarayonini pedagogik loyihalashning metodik tizimidan O‘MKHT markazining 2017 yil 24 avgustdagi 603-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 3450300-“Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” tayyorlov yo‘nalishi(“Gidromeliorativ mashinalari va jihozlaridan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish mexanigi” kasbi) bo‘yicha kichik mutaxassislarning zaruriy tayyorgarlik darajasi va ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan malaka talablarini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 89-03-4022-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur metodik tizim bo‘lajak texnik-mexaniklarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishni kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;
kollej o‘quvchilarida kasbiy ko‘nikmalarni (gnoseologik, aksiologik, amaliyotga yo‘nalganlik, innovatsion, axborot-kommunikativ) shakllantirishning tashkiliy-pedagogik tuzilmasi komponentlari hamda kasbiy faoliyatining mazmuniy ko‘rsatkichlarini sintezlash orqali o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini (motivatsion, kognitiv va faoliyatli) takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarorining 5-ilovasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 89-03-4022-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar kollej o‘quvchilarida bilim va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish bilan birga shaxsiy va kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga imkon yaratgan;
bo‘lajak texnik-mexaniklarni kasbiy tayyorlash sifat va samaradorligini oshirishni ta’minlovchi o‘qitishning zamonaviy didaktik vositasitalari (dasturlashtirilgan ko‘makchi kompyuterli tizim, kasbiy masalalar to‘plami, amaliy topshiriqlar to‘plami, «Excavator-Stimulator» trenajyorida bajariladigan vizuallashtirilgan o‘quv mashqlari, amaliy testlar, elektron lug‘at) hamda “Gidromeliorativ mashina va jihozlaridan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha individual ishlab chiqarish ta’limi mashg‘ulotlarini loyihalash” maxsus kurs dasturi va o‘quv-uslubiy ta’minoti ishlab chiqilgan hamda amaliyotga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 89-03-4022-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur didaktik vositalar va o‘quv-uslubiy ta’minot kollej o‘quvchilarini mustaqil va amaliy faoliyatga yo‘naltirish, o‘z o‘zini rivojlantirishga xizmat qilgan.