Saxiboev Dilshod Parpijalilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buyrak usti bezi xavfsiz o‘smalarida jarrohlik davolash usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish», 14.00.34–Yurak va qon-tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib208.
Ilmiy maslahatchi: Berkinov Ulug‘bek Bazarboevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Emel`yanov Sergey Ivanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baxritdinov Fazlitdin Shamsitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupbekov Abrorbek Axmedjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: A.V. Vishnevskiy nomidagi xirurgiya milliy tibbiy tekshirish markazi Federal davlat byudjet tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: buyrak usti bezi xavfsiz o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarda tashxislash, amaliyot oldi tayyorgarligi va kompleks xirurgik davoga taktik-texnik yondashishni takomillashtirish yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MSKT va hajmli hosila gistologik tuzilish ma’lumotlarini korrelyasion bog‘liqligini tahlil qilish orqali buyrak usti bezi o‘smalarini xavfsiz yoki xavfli bo‘lish ehtmolligi aniqlangan;
chap buyrak usti bezining kichik o‘lchamdagi (2 sm gacha) o‘smalarida adenomani giperplaziyadan farqlash imkonini beruvchi qon-tomirlar anatomiyasi variantlarining angiografik xususiyatlari aniqlangan;
giperal`dosteronizmni Isenko-Kushing sindromining subklinik shakli va “sezilmaydigan” feoxromotsitomalardan qiyosiy tashxislash uchun gormonal faol bo‘lmagan o‘smalarni farmakologik tekshirish mezonlari ishlab chiqilgan;
adrenalektomiyadan keyin qoldiq arterial gipertenziya, kasallikning uzoq vaqt davomida kechishi va nishon a’zolarda ikkilamchi o‘zgarishlar ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan kasallikning klinik ko‘rinishlarini qisman regressiya ehtimoliga ta’sir qiluvchi patogenetik omillar ochib berilgan;
endovaskulyar amaliyotlar yomon prognozining asosiy sabablari kasallikning buyrakning surunkali yallig‘lanishlari, buyrak usti bezi to‘qimasining 1,0 sm dan katta o‘sma paydo bo‘lganda devitalizatsiyasining buzilishi va aterosklerotik kelib chiqishga ega vazorenal mexanizmli arterial gipertenziya ekanligi isbotlangan;
buyrak usti bezi gormonal faol o‘smalari bo‘lgan bemorlarni amaliyotdan oldingi tayyorlash usuli, gormonlarning induksiya sharoitlarini to‘g‘rilash va o‘ziga xos gemodinamik asoratlarni kamaytirish usuli takomillashtirilgan;
orqa retroperitoneal adrenalektomiyani bemorning amaliyot stolida holatini optimallashtirish va yaxshi sifatli o‘smaning anatomik xususiyatlarini hisobga olgan holda bajarish usuli ishlab chiqilgan;
buyrak usti bezi o‘smalarining asosiy klinik va biokimyoviy ko‘rinishlari, nishon a’zolar va unga bog‘liq bo‘lgan kasalliklarning asoratlarini dinamik baholash uchun endovaskulyar, endoskopik va ochiq adrenalektomiyadan so‘nggi ijobiy natijalarning barqarorligi (Kaplan-Meyer) asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Buyrak usti bezi o‘smalari tashxisi va davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqildi «Simptomatik arterial gipertenziyada xirurgik usulni tanlash» va «Buyrak usti bezi xavfsiz o‘smalarini tashxisi va davolashni o‘ziga xos xususiyatlari» tavsiyanomalar tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 iyuldagi 8n-d/158-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyanomalar kam invaziv usullar samaradorligini oshirish va imkoniyatlarini kengaytirish, amaliyot ichi asoratlar sonini kamaytirish, xamda amaliyotdan keyingi erta va keyingi davrlarda yaxshi natijalar olish imkonini bergan;
buyrak usti bezi xavfsiz o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarda yuqori texnologiyali xirurgik yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi, Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari xirurgiyasi ilmiy markazi va Bolalar kam invaziv respublika ilmiy markazi amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 iyuldagi 8n-d/158-son ma’lumotnomasi). Buyrak usti bezi yaxshi sifatli o‘smasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda taklif etilgan kompleks yondashish videoendoskopik muolajalar sifatini oshirish, asosiy simptomlarni 3 yil ichida 85,9% bemorlarda, 6 yil ichida 80,5% va 9 yilda 80% bemorlarda kamayishiga olib kelgan, spesifik asoratlar va o‘lim sonini qisqartirish hamda ijobiy natijalar miqdorini oshirish imkonini bergan.