Abdumadjidova Dildora Raxmatullaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya bo‘yicha (psixologiya fanlari). 

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Psi28.

Ilmiy rahbar: Samarov Rustamjon Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc27.06.2017.Psi.01.07.

Rasmiy opponentlar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Arzikulov Dilshod Ne’matovich,psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot:   Qarshi davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda assertiv xulqni shaklantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash orqali psixodiagnostika va psixokorreksiya tadbirlari samaradorligini oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

assertiv xulq xususiyatlarining (o‘ziga ishonch va qat’iyatlilik, tashqi ta’sirlarga berilmaslik, vaziyatlarni boshqara olishiga ishonch, dadillik va pozitiv ustanovka) darajalari talabalarning o‘quv faoliyatidagi shaxslararo munosabatlariga ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;

fundamental mazmuniy ustanovkalarni o‘rganishning tobelik (verbal, hissiy, yutuqlarga), talabchanlik (o‘ziga, o‘zgalarga) va javobgarlik bo‘yicha (o‘zi uchun, o‘zgalar uchun) natijalari aniqlangan;

talabalar o‘quv faoliyatida assertiv xulqning intellektual (erkin fikrlovchi, ahloqiy me’yorlarga amal qiluvchi), shaxsiy (mas’uliyat, dadillik, intiluvchanlik) va emotsional (kayfiyat, optimizm) darajalari aniqlangan;

talabalarda assertiv xulqni shakllantirishga yo‘naltirilgan “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirish darajasini aniqlash” psixologik trening dasturi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

assertiv xulq xususiyatlarining (o‘ziga ishonch va qat’iyatlilik, tashqi ta’sirlarga berilmaslik, vaziyatlarni boshqara olishiga ishonch, dadillik va pozitiv ustanovka) darajalari talabalarning o‘quv faoliyatidagi shaxslararo munosabatiga ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha natijalar Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti va Jizzax politexnika instituti faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 avgustdagi 89-03-2816-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda erkin va mustaqil fikr-mulohaza yuritish hamda assertiv xulq xususiyatlarini shakllantirish ta’lim jarayoniga ijobiy ta’sir etgan;

assertiv xulqni shakllantirish yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar fundamental mazmuniy ustanovkalarni o‘rganishning tobelik, talabchanlik va javobgarlik bo‘yicha natijalar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahri va Toshkent viloyati markaz hududlarida joriy qilingan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2018 yil 15 maydagi 04-13/2596-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar bilan guruhiy va individual ishlashda, ijodiy, ommaviy madaniy faoliyatlarida assertiv xulqni namoyon etishda ijobiy natija bergan hamda talabalarda assertiv xulqni shakllantirish borasidagi ishlarni amalga oshirishda samarali xizmat qilgan;

assertiv xulqni shakllantirish va rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi intellektual (erkin fikrlovchi, axloqiy ma’yorlarga amal qiluvchi), shaxsiy (mas’uliyat, dadillik, intiluvchanlik) va emotsional (kayfiyat, optimizm) darajalari aniqlangan hamda ijtimoiy munosabatlar tizimida assertiv xulq-atvorni shakllantirishga mo‘ljallangan ijtimoiy-psixologik trening dasturlari uning samaradorligini baholash yuzasidan olingan natijalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2018 yil 27 iyuldagi 06/360-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlar faoliyatini uslubiy jihatdan boyitishga xizmat qilgan;

talabalarda assertiv xulqni shakllantirishga yo‘naltirilgan  “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirish darajasini aniqlash” psixologik trening dasturi oliy o‘quv yurtlari talabalari va  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy markaz yoshlarida sinovdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 avgustdagi 89-03-2816-son va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2018 yil 15 maydagi 04-13/2596-son ma’lumotnomalari). Natijada ta’lim-tarbiya jarayonida yoshlarda assertiv xulqni shakllantirish tadbirlari samaradorligini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish