Gaimnazarov Olimdjon Gul`muratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Matematika darslarida kollej o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Ped346.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Tajiev Mamarejab,pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Taylaqov Norbek Isoqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:matematikadan amaliy mazmundagi masalalarni o‘qitish orqali kasb-hunar kollej o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasb-hunar kolleji o‘quvchilarini matematika fanida kasbga yo‘naltirishning ta’lim mazmuni matematika va boshqa fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlik yo‘nalishlari (texnik fikrlash, fizik-kimyoviy jarayonlar, elektrotexnik sxemalar tuzilishi) asosida takomillashtirilgan;
matematikadan amaliy mazmundagi masalalar tizimini tuzish tamoyillari (ilmiylik, bila olishlik, ko‘rgazmalilik, tizimlilik (uzviylik), nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi) belgilangan va amaliy mazmundagi masalalarga qo‘yiladigan talablar (darslarni loyihalashtirish va uni o‘qitish metodikasi) takomillashtirilgan;
matematika darslarini loyihali o‘qitish metodikasi (modullarga ajratish, dars turi, tipi, pedagogik usul va uslublar) kasbiy bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni guruhlashtirish (hisoblashga, geometriyaga, tenglama tuzish va uni echishga ) asosida takomillashtirilgan;
kasb-hunar kolleji o‘quvchilarini matematika fani orqali kasbga yo‘naltirishning axborot-metodik ta’minoti ijodiy tipdagi produktiv harakat xususiyatlariga (umumlashtirilgan maqsad, yangi qonuniyatlar, ijodga yo‘naltirish) ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kasb-hunar kollejlarda matematika darslarida amaliy mazmundagi masalalarni o‘qitish orqali o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy va amaliy takliflar asosida:
matematikadan amaliy mazmundagi masalalar tuzish tamoyillari, masalalarni tanlashga qo‘yiladigan asosiy talablar, matematika darslarini loyihali o‘qitish metodikasi, kasbiy bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni guruhlashtirishga oid takliflar o‘quv-uslubiy ta’minoti mazmuniga singdirilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 yanvardagi 89-03-39-son ma’lumotnomasi). Ushbu o‘quv materiallar kasb-hunar kollejlarning o‘quv-metodik ta’minotini boyitish hamda o‘quvchilarning matematika bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari oshishiga xizmat qilgan;
kasb-hunar kolleji o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirishga qaratilgan ta’lim mazmuni, matematika va boshqa fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlik yo‘nalishlari, amaliy mazmundagi masalalarning imkoniyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar 2007–2011 yillarga mo‘ljallangan fundamental tadqiqotlar dasturlari doirasidagi OT-F8-208 raqamli «Ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari» loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 yanvardagi 89-03-39-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik mutaxassisning kasbiy mahorati darajasiga qo‘yiladigan davlat-ijtimoiy buyurtmasi talablarini hisobga olgan holda kasb-hunar ta’limi muassasalarida bo‘lg‘usi kadr-mutaxassislarni tayyorlash o‘quv rejalariga, dasturlariga kasbiy ko‘nikmalarni shakllannishi va rivojlanish imkoniyatlari oshishiga xizmat qilgan;
kasb-hunar kolleji o‘quvchilarini matematika fani orqali kasbga yo‘naltirishning axborot-metodik ta’minoti, ijodiy tipdagi produktiv harakat xossalari, dars jarayonlarini loyihalashtirib o‘qitishga oid takliflaridan kasb-hunar kollejlari matematika darslariga ilg‘or pedagogik texnologiya va zamonaviy metodlarni joriy etish jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 yanvardagi 89-03-39-son ma’lumotnomasi). Bu pedagogik imkoniyatlarni kengaytirish, ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikma va malakalarining shakllanishi hamda kompetensiyasini rivojlanishida umumkasbiy va amaliy mazmundagi masalalarni o‘rgatish imkonini bergan.