Mavlanov Normo‘min Normamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditga layoqatliligi tahlili va baholashni takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.1.PhD/Iqt588.
Ilmiy rahbar: Qo‘ziev Islomjon Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Ziyod Niyozovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Djuraev Boxodir Musurmanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotningmaqsadi: xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditga layoqatliligi tahlili va baholashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar biznes faoliyatida kreditga layoqatlilik ta’rifiga nomoliyaviy ko‘rsatkichlar, prognozlash, iqtisodiy samara tushunchalarini kiritish asosida takomillashtirilgan ta’rif ishlab chiqilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditga layoqatliligini moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilish va uning natijalari bo‘yicha baholashni bosqichli usuli ishlab chiqilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditga layoqatliligini likvidlilik, balans likvidligi, barqarorlik va samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida kompleks tahlil yondashuvi ishlab chiqilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditga layoqatliligini to‘g‘ri tahlil qiladigan va natijalarni aniq baholaydigan, raqamli iqtisodiyot talablariga mos, ma’lumotlarni blokchayn qilish imkonini beradigan takomillashtirilgan skoring modeli ishlab chiqilgan hamda uning elektron dasturi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditga layoqatliligi tahlili va baholashni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
kreditga layoqatlilik tushunchasiga ilmiy-amaliy asoslangan mualliflik ta’rifi, AT “Aloqabank” tomonidan amaliyotda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2018 yil 10 iyuldagi 18-12/2927-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi “Kreditga layoqatlilik” tushunchasini mazmunini to‘liq ochib berish imkonini bergan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditga layoqatliligi tahlili va baholashning bosqichli usuli bo‘yicha berilgan takliflar “Uzbek Leasing International” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga foydalanilgan (“Uzbek Leasing International” aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 15 avgustdagi 15/08-01-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif xo‘jalik yurituvchi sub’ektning kreditga layoqatliligini keng qamrovli tahlil qilish va uning natijalari asosida aniq baholash imkonini bergan;
kreditga layoqatlilikni kompleks tahlil qilish va u asosida baholashga oid taklif “Uzbek Leasing International” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga foydalanilgan (“Uzbek Leasing International” aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 15 avgustdagi 15/08-01-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanishi natijacida xo‘jalik yurituvchi sub’ektda jalb qilingan kreditlardan samarali foydalanilgan hamda to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq qaytarishga erishilgan;
kreditga layoqatlilik tahlilining skoring modeli va uning elektron dasturi asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditga layoqatliligini tahlil qilish va uning natijalari bo‘yicha baholash taklifi “UZGERMED PHARM” MChJ qo‘shma korxonasi va AT “Aloqabank” tomonidan amaliyotda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2018 yil 10 iyuldagi 18-12/2927-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga jopiy etilishi natijacida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni kreditga layoqatliligi qisqa vaqtda aniq va to‘g‘ri baholangan.