Musagaliev Ajiniyaz Jumagulovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqa byudjet daromadlarini shakllantirishda yuridik shaxslarni soliqqa tortish mexanizmlarining samaradorligini oshirish yo‘llari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)»,  08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Iqt155.

Ilmiy maslahatchi: Aimbetov Nagmet Qallievich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.

Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Niyazmetov Islambek Masharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Urmonov Jahongir Jaloldinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: yuridik shaxslarni soliqqa tortish mexanizmlarining samaradorligini oshirish orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjet daromadlari o‘sishini ta’minlaydigan ilmiy-uslubiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yuridik shaxslarning foyda solig‘i stavkasini pasaytirish orqali soliq mexanizmi samaradorligining oshirilishi asoslangan;

er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha tushumlarning mahalliy byudjet daromadlariga biriktirilishi va maxsus to‘lovlar (bonuslar) bo‘yicha tushumlardan mintaqa byudjetiga qisman ajratmalar berilishi maqsadga muvofiqligi asoslangan;

yagona ijtimoiy to‘lov mexanizmi bo‘yicha mintaqadagi og‘ir murakkab ekologik sharoitni inobatga olgan holda to‘lov stavkasini pasaytirish taklif etilgan;

byudjet barqarorligini ta’minlash yuzasidan byudjetga yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan soliq tushumlarini o‘rta muddatga mo‘ljallab prognozlashtirish taklifi ishlab chiqilgan;

er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq mexanizmi bo‘yicha uning soliq bazasini kengaytirishda hududda mavjud mineral resurslar tarkibidagi lessimon tuproq zaxiralaridan potensial tushumlarni ta’minlash taklifi ishlab chiqilgan;

asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar samaradorligini mintaqa byudjet daromadlarida soliq tushumlarining o‘sish holati bilan baholash taklif etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mintaqa byudjet daromadlarini shakllantirishda yuridik shaxslarni soliqqa tortish mexanizmlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:

yuridik shaxslarning foyda solig‘i stavkasini pasaytirish orqali soliq mexanizmi samaradorligining oshirilishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-sonli Farmoniga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 26 iyuldagi AU/03-10/2082-son ma’lumotnomasi). Taklifning joriy qilinishi xo‘jalik sub’ektlarida soliq yukini kamaytirib, ularning moliyaviy barqarorligini mustahkamlagan va foyda solig‘i mexanizmi samaradorligini oshirish imkonini bergan;

er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha tushumlarning mahalliy byudjet daromadlariga biriktirilishi va maxsus to‘lovlar (bonuslar) bo‘yicha tushumlardan mintaqa byudjetiga qisman ajratmalar berilishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi taklif 2018 yildan amaliyotga qisman tatbiq etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 yanvardagi PQ-3454-sonli qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 9 avgustdagi 16/2-17816-son ma’lumotnomasi). Taklifning mamlakat barcha hududlari uchun amaliyotga to‘liq tatbiq etilishi mahalliy byudjetlar moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirib, ularning muntazam va ishonchli soliq bazasini shakllantirgan hamda soliqqa tortishning hududiy samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;

yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha mintaqadagi og‘ir murakkab ekologik sharoitni inobatga olgan holda to‘lov stavkasini pasaytirish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-sonli Farmoniga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 26 iyuldagi AU/03-10/2082-son ma’lumotnomasi). Taklifning joriy qilinishi xo‘jalik sub’ektlarini ish haqi fondida soliq yukini kamaytirib, yuridik shaxslarning foyda solig‘i solinadigan baza kengayishini ta’minladi va shu tariqa soliq mexanizmi samaradorligi oshirilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;

byudjet barqarorligini ta’minlash yuzasidan byudjetga yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan soliq tushumlarini o‘rta muddatga mo‘ljallab prognozlashtirish yuzasidan berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi PF-5116-sonli Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 9 avgustdagi 16/2-17816-son ma’lumotnomasi). Natijada Moliya vazirligi 2019 yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihasini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish bilan bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarining 2020–2021 yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli byudjet mo‘ljallarini ishlab chiqish va kiritish hamda  soliq siyosatining o‘rta muddatli va istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqish va byudjetga soliq tushumlarini ishonchli prognozlashtirish faoliyatini amalga oshirish imkonini bergan;

er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq mexanizmi bo‘yicha uning soliq bazasi qamrovini kengaytirishda hududda mavjud mineral resurslar tarkibidagi lessimon tuproq zaxiralaridan potensial tushumlarni ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi PF-5116-sonli Farmonida o‘z aksini topgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 26 iyuldagi AU/03-10/2082-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha mintaqaning 12 ta tumani, shu jumladan, Amudaryo, Beruniy, Qonlikul, Qorao‘zak, Kegeyli, Qung‘irod, Nukus tumani, Taxtako‘pir, To‘rtkul, Chimboy, Shumanay va Ellikqal’a tumanlarida joylashgan 20 ta kon bo‘yicha 1 yilga 232262,1 ming so‘mdan jami 4645242,0 ming so‘m potensial tushumlar hisoblanib, mintaqa byudjetini qo‘shimcha mablag‘lar manbai bilan ta’minlash imkonini bergan hamda soliq mexanizmlari samaradorligi oshirilishiga xizmat qilgan;

asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar samaradorligining mintaqa byudjet daromadlarida soliq tushumlarining o‘sish holati bilan baholanishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli

Farmonida o‘z aksini topgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 26 iyuldagi AU/03-10/2082-son ma’lumotnomasi). Taklifning joriy qilinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti daromadlarini shakllantirishda hududlarga jalb qilingan sarmoyalar samaradorligini baholashda uslubiy yo‘nalish xizmatini bajargan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish