Narzullaev Umidjon Ortqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyatining zamonaviy tarixi va barqaror rivojlanish omillari», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.1.PhD/Tar27.
Ilmiy rahbar: Raximov Mirzoxid Akramovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.06.01.2018. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlarZiyaeva Dono Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor,; Haydarov Murodilla Mahmutalievich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991–2017 yillarda Navoiy viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarni tarixiy nuqtai nazardan o‘rganib, hududning barqaror rivojlanish masalalarini ochib berishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Navoiy viloyatini tashkil, tugatish va qayta tashkil etishning zaruriyati, hududni intensiv rivojlantirish istiqbolli dasturlarining sog‘liqni saqlash, ta’lim sifatini oshirishga va aholi bandligini ta’minlashga yo‘naltirish mohiyati ochib berilgan;
viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, mahalliy ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bog‘liq ichki hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar jalb etish, ilmni ko‘p talab etuvchi qo‘shma va xorijiy korxonalar tashkil etishga yo‘naltirilgan tashqi investisiyalarning o‘zlashtirilishi asoslangan;
viloyat iqtisodiyotidagi innovatsion yo‘nalishda amalga oshirilayotgan modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarining mohiyati ochib berilgan hamda muqobil elektr manbalari bo‘lgan atom va quyosh energiyasini amaliyotga joriy etishning ob’ektiv shart-sharoitlari asoslangan;
mamlakat tajribasida ilk bor tashkil etilgan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasining mazmun-mohiyati hamda mazkur hududda keng eksport imkoniyatlari va xalqaro logistika infratuzilmasiga ega bo‘lgan innovatsion ishlab chiqarish majmuasini tashkil etish maqsadlari ochib berilgan;
viloyatning madaniy-gumanitar sohalaridagi institusional o‘zgarishlar, xalqaro aloqalarning susayish va faollashuv sabablari ko‘rsatilib, yangi oliy ta’lim hamda madaniyat muassasalarini tashkil etish, hududda gastronomik va ekoturizm infrastrukturasini rivojlantirish borasida istiqbolli marshrutlarni ochish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasining Navoiy viloyati zamonaviy tarixi va barqaror rivojlanish omillariga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Navoiy viloyati hokimligi tomonidan xalqaro, respublika va mintaqa miqyosida o‘tkazilgan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyati bo‘limining 2018 yil 26 maydagi 108-son ma’lumotnomasi). Natijalarning Navoiy viloyatida tashkil etilgan turli madaniy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga tatbiq qilinishi mustaqillik yillarida viloyatning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlarini yanada kengroq o‘rganish hamda targ‘ib qilish imkonini bergan;
O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarning tashkil etilishi, ularning maqsad va vazifalari, faoliyati, imkoniyatlari, amalga oshirilgan loyihalar samaradorligi va muammolari bo‘yicha tahlillar Navoiy erkin iqtisodiy zonasi faoliyatida tatbiq qilingan (“Navoiy” erkin iqtisodiy zona direksiyasi davlat unitar korxonasining 2018 yil 30 maydagi 11/152-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy etilishi Navoiy erkin iqtisodiy zonasi istiqbol rejalarining takomillashuvi imkonini bergan;
mustaqillik yillarida Navoiy viloyatiga oid materiallardan, hududning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti, muammolari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan, viloyatning sanoat salohiyati, iqtisodiy o‘zgarishlar, ta’lim, fan, sog‘liqni saqlash kabi ijtimoiy sohalarning rivojlanishi yuzasidan bildirilgan fikrlardan, Navoiy viloyatining madaniyat, ilm-fan, ta’lim va turizm sohasidagi xalqaro aloqalari to‘g‘risida keltirilgan xulosalardan FA–IZ G–0014. IZ–2014–0906053446 raqamli “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” innovatsiya loyihasi bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 20 iyundagi 3/1255-1640-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekistonning eng yangi tarixi kontekstida Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘rganish va tahlil qilish imkonini bergan.