Mirzakarimova Maloxat Abduvaxitovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Atmosfera havosi kimyoviy moddalarning organizmga xavflilik ta’sirini kompleks biologik-gigienik baholash profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqish», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib169.
Ilmiy maslahatchi: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, prfessor; Zaredinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Usmanov Islam Abbasovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Koryo universiteti (Janubiy Koreya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atmosfera havosini yangi ishlab chiqarish va qishloq xo‘jalik aerogen kimyoviy ifloslantiruvchilarini biologik ta’sir tavsifini, organizmga atmosfera havosi kimyoviy moddalar ta’sir xavfini kompleks gigienik baholash va profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mamlakatimizda organizmga yangi aerogen kimyoviy moddalarni tibbiy-biologik va gigienik nuqtai nazardan ta’sirini baholash bo‘yicha yangi me’yoriy uslubiy hujjatlar (SanQvaM, DavST, gigienik reglament, gigienik tavsiya, gigienik ko‘rsatma va uslubiy yo‘riqnomalar) jamlanmasi va sog‘lomlashtiruvchi chora-tadbirlari ishlab chiqilgan;
atmosfera havosidagi 35 ta kimyoviy ifloslantiruvchilar uchun maksimal bir martalik, o‘rtacha kunlik, o‘rtacha oylik va o‘rtacha yillik REKlarini birinchi bor vaqt bo‘yicha differensiyalangan gigienik me’yori ishhlab chiqilgan;
ilk bor sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan 1,2,3,4 xavflilik sinfiga kiruvchi, 3 va 4 komponentdan tashkil topgan aerozol, bug‘ va gazli shakldagi kimyoviy moddalardan tashkil topgan 6 nafar binar va murakkab aralashmalar uchun gigienik me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan;
«konsentratsiya-vaqt» va «konsentratsiya-vaqt-samara» usullari bo‘yicha organizmga kimyoviy moddalarni alohida va kombinatsiyalashgan holatda tushishida biologik ta’sir xarakterini baholash bo‘yicha tajriba tadqiqotlarida olingan natijalar bir-biriga juda yaqin yoki o‘zaro mosligi, «konsentratsiya-vaqt-samara» bog‘liqlik usuli «konsentratsiya-vaqt» bog‘liqlik usuliga nisbatan solishtirilganda konsentratsiya-vaqt-samara» usulining 2,5–3 barobar foydali va tejamkorligi isbotlangan;
organizmga uzoq vaqt ingalyasion yo‘l bilan tushishda atmosfera havosini kimyoviy ifloslantiruvchilar ta’siriga javob va boshqa gepatologik, fiziologik, biokimyoviy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlar ehtimolligini hisobga olgan holda organizmning adaptatsion va moslashuvchanlik-kompensator reaksiyalarini baholash shkalasi (yo‘l qo‘yiladigan xavf, kuchsiz xavf, o‘rtacha xavf, yuqori xavf, ekologik jihatdan yuqori xavf) ishlab chiqilgan;
havoni ishlab chiqarish korxona va avtotransport chiqindilari bilan ifloslanish xavfi va ta’sir darajasi bo‘yicha kimyoviy moddalarni aholi salomatligi uchun xavfini, ksenobiotiklar bilan atmosfera havosini ifloslanish darajasi nuqtai nazardan baholash tizimi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Atmosfera havosi kimyoviy moddalarning organizmga xavflilik ta’sirini kompleks biologik-gigienik baholash profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqishni ilmiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«O‘zbekiston Respublikasi hududi aholi turar joy mintaqalari atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyasi (REK) ro‘yxati» (0179–04 sonli SanMvaQ) tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 8n-d/250-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjat mamlakatimizning aholi turar joylarida atomosfera havosini ifloslantiruvchi kimyoviy moddalarning ruxsat etilgan me’yorlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
«Aholi turar joylari atmosfera havosida «Dalzlaka-T»ning ruxsat etilgan konsentratsiyasini asoslash bo‘yicha tajriba materiallari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 8n-d/250-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma aholi turar joylari atmosfera havosi tarkibida «Dalzlaka-T»ning ruxsat etilgan konsentratsiyasini gigienik tajribalar asosida me’yorlashtirish imkonini bergan;
«Aholi turar joylari atmosfera havosida Navro‘z»ning ruxsat etilgan konsentratsiyasini (REK) asoslash bo‘yicha tajriba materiallari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 8n-d/250-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma aholi turar joylari atomosfera havosi tarkibida «Navro‘z» kimyoviy moddasining ruxsat etilgan konsentratsiyasini gigienik tajribalar asosida me’yorlashtirish imkonini bergan;
«Aholi turar joylari atmosfera havosida ksenobiotiklarning gigienik reglamentlarini belgilash va biologik ta’sirini baholashga asosiy ilmiy yondashuvlar» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 8n-d/250-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma aholi turar joylari atomosfera havosi tarkibida ksenobiotiklarning ruxsat etilgan konsentratsiyasini me’yorlashtirish imkonini bergan;
«Aholi turar joylari atmosfera havosida azot fosfor o‘g‘itlari changining ruxsat etilgan konsentratsiyasini (REK) asoslash bo‘yicha tajriba materiallari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 8n-d/250-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma aholi turar joylari atomosfera havosi azot fosfor o‘g‘itlar changining ruxsat etilgan konsentratsiyasini me’yorlashtirish imkonini bergan;
«Ishlab chiqarish korxonalari va avtotransport chiqindilari bilan atmosfera havosini ifloslanish xavfi va ta’sir darajasi bo‘yicha kimyoviy moddalarni aholi salomatligi uchun xavfini baholash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 8n-d/250-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma aholi turar joylari atomosfera havosini ishlab chiqarish korxonalari va avtotransport chiqindilari bilan ifloslanishini ruxsat etilgan konsentratsiyasini me’yorlashtirish imkonini bergan;
atmosfera havosi kimyoviy moddalarning organizmga xavflilik ta’sirini kompleks biologik-gigienik baholash profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqishni ilmiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, Davlat ekologiya qo‘mitasi va Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 dekabrdagi 8n-z/239-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi gaz, bug‘, changsimon kimyoviy moddalarning turli xavflilik sinfini alohidalashgan, kombinatsion, kompleks va birgalikdagi ta’sirini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan gigienik me’yorlar, uslubiy ko‘rsatmalar, uslubiy tavsiyalar Respublikaning ishlab chiqarish shaharlarida atmosfera havosini ifloslantiruvchi ob’ektlar, tabiiy muhitini ifloslanish monitoringi bo‘yicha olib borilgan ishlar sifati va samaradorligi oshirishga xizmat qilgan.