Abdullev Baxrom Xaliljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysi erlarida zovur suvlarini sug‘orish suvlari bilan aralashtirishning matematik modeli va algoritmi” 05.09.07–“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4975
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Xudaykulov Savet Ishonkulovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Seytov Aybek Jumabaevich Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Tizimli tahlil va matematik modellashtirish” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, professor; Jovliev O‘ktamjon Temirovich “Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti” Meliorativ texnika va mexanizmlar” laboratoriyasi mudiri, PhD, katta ilmiy xodim/
Yetakchi tashkilot: Andijon qishlok xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Daryo suvlarini kollektor suvlari oqimi bilan aralashmasi hamda sug‘orish suvlarining suv-tuz rejimini normal saqlashni aniqlash va modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kollektor va sug‘orish suvlari aralashishidan hosil bo‘lgan parallel oqimlarning o‘qiga nisbatan simmetrik oqimlarning paydo bo‘lishini hisobga olgan holda chegaraviy shartlar asosida to‘liq aralashish yo‘li uzunligini aniqlovchi matematik modeli takomillashtirilgan.
kollektor va sug‘orish suvlarining diffuzion jarayonlarida uning minerallashuvi, loyqaligi va zichliklarini hisobga olgan holda ikki va ko‘p fazali oqimlarning aralashish harakat tenglamalari asosida suvning konsentratsiyasini o‘zgarishini ifodolovchi gidravlik model ishlab chiqilgan.
ikki va ko‘p fazali oqimlarda konsentratsiyasi o‘zgarish tezligi va taqsimlanishini hisobga olgan holda Nav`e-Stoks gidrodinamik tenglamalari asosida oqimlarni aralashishining matematik tenglamasi ishlab chiqilgan.
kanallarning gidravlik ko‘rsatkichlari va oqimlardagi qattiq zarrachalarning mavjudligini hisobga olgan holda oqimlarning aralashish algoritmlari asosida undagi oqim tezliklari taqsimlanishini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi erlarida zovur suvlarini sug‘orish suvlari bilan aralashtirishning matematik modeli va algoritmi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kollektor va drenaj suvlarining konsentratsiyasini sug‘orish uchun foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilganligi uning asosida raqamli texnologiyalarga asoslangan matematik modeli yaratilib, Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi kanallariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23 sentyabrdagi 05/13-3445-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orish tarmoqlarida 4-5 foiz suv resurslarini iqtisod qilish imkoniyati yaratilgan.
kollektor va drenaj suvi rejimi uchun tuz konsentratsiyasi o‘zgarishining tezligini va uning taqsimlanish jarayonini aniqlovchi formulalar orqali algoritmini yaratilib, Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspedisiya faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23 sentyabrdagi 05/13-3445-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kollektor va drenaj suvilarida foydalanish hisobiga 6-7 foiz suv resurslarini iqtisod qilish imkoniyati yaratilgan.