Alieva Elnara Ametovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tadbirkorlikning innovatsion faoliyatini baholash metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Fan doktori (DSc) dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Iqt776.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gaibnazarova Zumrad Talatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; 
Sharopova Nafosat Radjabovna iqtisodiyot fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy sharoitlarda tadbirkorlik innovatsion faoliyatini baholash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra «innovatsion faoliyat» tushunchasining iqtisodiy mazmuni kelgusidagi innovatsiyalar salohiyati, yangi imkoniyatlar, tamoyillar va innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari, shuningdek, zamonaviy innovatsion faoliyat samaradorligini baholash mezoni sifatida ko‘rib chiqilib, «qo‘ldan boy berilgan innovatsiyalar» yangi atamasini kiritish asosida takomillashtirilgan;
mintaqaning innovatsion faoliyatini baholash uslubi mintaqaning innovatsion rivojlanish darajasini miqdoriy jihatdan farqlash, uni monitoring qilish va prognozlash imkonini beradigan (Ii) integral indeksni talqin qilishning “o‘ta past” (Iio‘p ˂ 0,2), “past” (0,2 ≤ Iip ˂ 0,4), “mo‘'tadil” (0,4 ≤ Iim ˂ 0,6), “o‘rtacha” (0,6 ≤ Iio‘ ˂ 0,8), “yuqori” (0,8 ≤ Iiyu ≤ 1) shkalalarini joriy etgan holda moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy-ekologik ko‘rsatkichlarni me'yorga solish va agregatlash asosida takomillashtirilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion faoliyatini baholash uslubi innovatsion faoliyatning radikal, inkremental va imitatsion modellarini aniqlash imkonini beruvchi innovatsion faoliyat samaralari indeksi (Ief) va innovatsiyalarning yangilik darajasi indeksini (Isn) hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
innovatsion faoliyatda risk darajasini baholash usulini qo‘llashda risk darajasini baholash mezonlarini «muhim» (1,0 - 0,9), «yo‘l qo‘yilmaydigan» (0,8 - 0,7), «yo‘l qo‘yiladigan» (0,6 - 0,5), «maqbul» (0,4 - 0,2), «muhim emas» (0,1 - 0,01) darajalari bo‘yicha tasniflash asoslangan; 
Farg‘ona vodiysidagi tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion faoliyati, moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy-ekologik ta’sirini baholash asosida 2030-yilgacha bo‘lgan davrda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Innovatsion faoliyatni baholash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «innovatsion faoliyat» tushunchasining iqtisodiy mazmunini kelgusidagi innovatsiyalar salohiyati, yangi imkoniyatlar, tamoyillar va innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari, shuningdek, zamonaviy innovatsion faoliyat samaradorligini baholash mezoni sifatida ko‘rib chiqilib, «qo‘ldan boy berilgan innovatsiyalar» yangi atamasini kiritish asosida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Innovatsion iqtisodiyot” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrugʻi). Ushbu ilmiy taklif amalga oshirish natijasida talabalarga innovatsion iqtisodiyot sohasida o‘z nazariy bilimlarini yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
mintaqaning innovatsion faoliyatini baholash uslubi mintaqaning innovatsion rivojlanish darajasini miqdoriy jihatdan farqlash, uni monitoring qilish va prognozlash imkonini beradigan (Ii) integral indeksni talqin qilishning “o‘ta past” (Iio‘p ˂ 0,2), “past” (0,2 ≤ Iip ˂ 0,4), “mo‘'tadil” (0,4 ≤ Iim ˂ 0,6), “o‘rtacha” (0,6 ≤ Iio‘ ˂ 0,8), “yuqori” (0,8 ≤ Iiyu ≤ 1) shkalalarini joriy etgan holda moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy-ekologik ko‘rsatkichlarni me'yorga solish va agregatlash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 11-sentyabrdagi 06-05-33-10345 sonli maʼlumotnomasi). Ushbu ilmiy taklif amaliyotga joriy etish natijasida Fargʻona vodiysidagi tadbirkorlik subʼektlari innovatsiyalarni joriy etish natijasini baholash va prognozlash asosida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirishga erishilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion faoliyatini baholash uslubi innovatsion faoliyatning radikal, inkremental va imitatsion modellarini aniqlash imkonini beruvchi innovatsion faoliyat samaralari indeksi (Ief) va innovatsiyalarning yangilik darajasi indeksini (Isn) hisobga olish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 11-sentyabrdagi 06-05-33-10345 sonli maʼlumotnomasi).  Ushbu ilmiy taklif amaliyotga joriy etilganidan so‘ng, Fargʻona vodiysida engil sanoat sohasidagi tadbirkorlikning innovatsion rivojlanish darajasi baholangan, shuningdek, innovatsion faoliyatning 3 ta modeli – radikal, inkremental va imitatsion shakllari aniqlangan;
innovatsion faoliyatda risk darajasini baholash usulini qo‘llashda risk darajasini baholash mezonlarini «muhim» (1,0 - 0,9), «yo‘l qo‘yilmaydigan» (0,8 - 0,7), «yo‘l qo‘yiladigan» (0,6 - 0,5), «maqbul» (0,4 - 0,2), «muhim emas» (0,1 - 0,01) darajalari bo‘yicha tasniflash taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 11-sentyabrdagi 06-05-33-10345 sonli maʼlumotnomasi). Ushbu ilmiy taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida engil sanoat korxonalarida etkaziladigan zarar miqdorini 14% ga kamaytirish imkoni yaratilgan;   
Farg‘ona vodiysidagi tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion faoliyati, moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy-ekologik ta’sirini baholash asosida ishlab chiqilgan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 11-sentyabrdagi 06-05-33-10345 sonli maʼlumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan asosiy istiqbol parametrlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish