O‘ktamov Dilyorbek Tojiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida 5000 metr masofaga yuguruvchilarni musobaqalarga tayyorlash metodikasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3740.
Ilmiy rahbar: Niyazov Saxibjan Sabirjanovich pedagogika fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Muxsinbek Sotivoldievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika institut.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida 5000 metr masofaga yuguruvchilarni musobaqalarga tayyorlash metodikasini ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uzoq masofaga yuguruvchi sportchilarning yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini samarali rejalashtirish uchun, har bir mezotsiklning bitta mikrotsiklida mashg‘ulot jarayoniga dam olish oralig‘i 60 daqiqadan 90 daqiqagacha bo‘lgan ko‘p seriyali 10 km takroriy yugurish yuklamasini kiritish yordamida tayyorgarlik jarayoni optimallashtirilgan;
uzoq masofaga yuguruvchilarning funksional tayyorgarligini rivojlantirish uchun, sportchilar tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib, hajmli, shiddatli, zarbdor va musobaqa mikrotsikllarida yuklamalarni o‘rta, katta, submaksimal va maksimal shiddat zonalarida bajarish usuli qo‘llanilib, yuklamaning fiziologik samaradorligi oshirilgan;
uzoq masofaga yuguruvchilarning tayyorgarlik samaradorligini oshirish uchun, tayyorgarlikning musobaqa oldi va musobaqa mikrotsikllarida yugurish tezligi va masofani his qildiruvchi bir maromli yugurish usulidan tashkil topgan ixtisoslashgan mashqlar arsenalidan foydalanish natijasida musobaqaga tayyorlik darajasi yaxshilangan;
uzoq masofaga yuguruvchilarning musobaqaga tayyorgarlik imkoniyatlarini kengaytirish uchun, musobaqaga tayyorgarlik dasturiga davomiyligi 3, 6 va 10 daqiqali tezkor kuch chidamliligini rivojlantiruvchi yugurish yuklamalarini kiritish yordamida sportchilarning tezkor-kuch salohiyati va musobaqaviy chidamlilik darajasi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sportda kamolotga erishish guruhi
5000 metr masofaga yuguruvchi sportchilarning yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida musobaqalarga tayyorlash bo‘yicha tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
uzoq masofaga yuguruvchi sportchilarni yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini rejalashtirishda har mezotsiklni bitta mikrotsiklida mashg‘ulot jarayoniga takroriy yugurishda dam olish vaqtini 60 daqiqadan 90 daqiqagacha bo‘lgan oraliqdagi ko‘p seriyali 10 kmga yugurish yuklamasini kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Engil atletika va uni o‘qitish metodikasi (uzoq masofaga yugurish texnikasini o‘rgatish)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-140-sonli ruxsatnomasi). Natijada, talaba-sportchilarning 5000 m. masofaga yurusih natijalari 9,6% ga yaxshilangan;
uzoq masofaga yuguruvchilarni mashg‘ulotlarini rejlashtirish uchun tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib, hajmli, shiddatli, zarbdor va musobaqa mikrotsikllaridagi yuklamalarni, o‘rta, katta, submaksimal va maksimal shiddat zonalarida bajarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Engil atletika Federatsiyasi yugurishning chidamkorlik turlari bo‘yicha terma jamoaning tarkibidagi uzoq masofalarga yuguruvchilarini mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 10-apreldagi 02-16/3523-sonli ma’lumotnomasi). Natijasida, O‘zbekiston chempionati 2024 musobaqasida 1-o‘rin, Yangi nafas 2024 musobaqasida 1-o‘rin, Universiada 2023 musbaqasida bronza medal va bir qancha xalqaro yarim marafon musobaqalarida faxrli o‘rinlarni egallagan;
uzoq masofaga yuguruvchilarni tayyorgarlik turlarini oshirish uchun ixtisoslashgan mashqlar arsenalini tayyorgarlikning musobaqa oldi va musobaqa mikrotsikllarida, yugurish tezligi va masofani xis qildiruvchi bir maromli yugurish usulini mashg‘ulot jarayoniga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan davlat universitetining uzoq masofaga yuguruvchilarning mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 10-apreldagi 02-16/3523-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, uzoq masofaga yuguruvchilarning sport natijalari 8,6%ga yaxshilangan;
uzoq masofaga yuguruvchilarni mashg‘ulot metodikasini takomillashtirish uchun musobaqalarga tayyorlash dasturiga davomiyligi 3-6-10 daqiqali tezkor kuch chidamlilikni rivojlantiruvchi yugurish yuklamasini kiritish Andijon davlat universitetining engil atletika ixtisosligi talabalarining mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 10-apreldagi 02-16/3523-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sport musobaqalarida tadqiqotga jalb etilgan sportchilardan bir qancha Respublika chempionlari,
2 nafar Sport ustasi, 4 nafar Sport ustaligiga nomzod va 6 nafar I-razryadli uzoq masofaga yuguruvchilar tayyorlashga erishilgan.