Faxrutdinova Sevara Srajitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuxumdonlarning muddatdan avvalgi etishmovchiligini prognoz qilishda klinik-genetik markerlarning o‘rni», 14.00.03–Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Tib422.
Ilmiy rahbar: Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilorom Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gel`dieva Margarita Sabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayollarda tuxumdonlarning muddatdan avvalgi etishmovchiligini prognozlashda klinik-genetik markerlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qizlar (sibslar) follikulyar apparatining zaiflashish yoshi ularning onalarida (probandlar) kasallik boshlanish yoshidan oldinroq bo‘lishi isbotlangan;
tuxumdonlar muddatidan avvalgi etishmovchiligi bilan suyak to‘qimalaridagi jarayonlarning o‘zaro patogenetik bog‘liqligi isbotlangan;
suyak to‘qimasi mineral zichligi bilan follikulostimullovchi gormon (FSG) miqdori ko‘rsatkichlari orasida bevosita bog‘liqlik aniqlangan;
ilk bor tuxumdonlar muddatidan avvalgi etishmovchiligi shakllanishiga daxldor FSHR genining polimorfizmi aniqlangan;
tuxumdonlar muddatidan avvalgi etishmovchiligini erta prognozlashda tuxumdonlar anatomik-funksional holatini tavsiflovchi gormonal va genetik markerlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayollarda tuxumdonlarning muddatdan avvalgi etishmovchiligini prognozlashda klinik-genetik markerlarni aniqlash va tashxislashning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Tuxumdonlarning muddatdan avvalgi etishmovchiligi bo‘lgan ayollarda suyak to‘qimasining past mineral zichligini aniqlash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 oktyabrdagi 8n-d/223-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma tuxumdonlarning muddatdan avvalgi etishmovchiligi bo‘lgan ayollarni tashxislash, osteoporoz rivojlanishi xavfi darajalarini aniqlash, kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
tuxumdonlarning muddatdan avvalgi etishmovchiligini prognozlashda klinik-genetik markerlarni aniqlash va tashxislashning yangi uslullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Toshkent shahar endokrinologik dispanseri va Toshkent viloyat endokrinologik dispanseri amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 oktyabrdagi 8n-d/223-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tibbiy yordam sifatini oshirgan, tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash orqali kasallik asoratlarini kamaytirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash hamda bemorlarni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni ta’minlagan.